Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese 0-2 Milan
01/03 18:00 Elche 2-2 Espanyol
01/03 19:00 OKMK 0-1 Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem 2-1 Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted 2-1 Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo 2-1 Atalanta
01/03 19:00 Brayton 2-1 Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf 1-0 Xorazm
01/03 20:15 Valensiya 1-0 Osasuna
01/03 21:30 Arsenal 2-1 Chelsi
01/03 22:00 Torino 2-0 Lasio
01/03 22:30 Betis 2-2 Sevilya
02/03 00:45 Roma - Yuventus
02/03 01:00 Jirona - Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya
03/03 00:45 Udineze - Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid - Xetafe

«Sog‘lom avlod» stadioni yangi qiyofasi «Nasaf»ga qarshi o‘yinda namoyon bo‘ladi

«Sog‘lom avlod» stadioni yangi qiyofasi «Nasaf»ga qarshi o‘yinda namoyon bo‘ladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
O‘zbekiston futbol assosiasiyasi hamda Professional futbol ligasi so‘nggi 1,5 yil davomida futbol maydonlarining holatiga jiddiy e’tibor qaratib keldi.   Buning natijasida bugunga kelib Superliga klublarining uy stadionlarida maydonlar sifatli ko‘rinishga keldi. Ayni vaqtda vodiyda uch stadionda rekonstruksiya ishlari davom etayotgani quvonarli holat.   O‘tgan yilning 2 fevral kuni O‘FA birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov Andijonga tashrif buyurib, viloyat sportining o‘sha vaqtdagi holati bilan yaqindan tanishgan hamda viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov bilan uchrashgandi. Tashrif davomida ular “Sog‘lom avlod” stadionini ham ko‘zdan kechirishgan. O‘sha vaqtda “Andijon” futbol klubini Superligaga qaytarish masalasi ham ko‘tarilgan bo‘lib, O‘FA komissiyasi mazkur masala lisenziyalashga borib taqalishini tushuntirgandi.   Oradan 1 yil vaqt o‘tib, viloyat hokimi Shuhratbek Qo‘shoqboyevich boshchiligida Andijon sportida ijobiy o‘zgarishlar ko‘zga tashlandi. Buni “Andijon” klubining Superligaga qaytishi bilan ham izohlash mumkin. Shuningdek, 2018 yilning fevral oyidagi kelishuv ham amalga oshib, bugunga kelib “Sog‘lom avlod” stadioni yangi qiyofa aks etdi. Viloyat futboli muxlislari bu ulkan o‘zgarishlarni katta qiziqish bilan kuzatib bordi. Ayni kunlarga qadar stadion atrofi ta’mirdan chiqarildi. Shuningdek, chim Yevropadan olib kelindi. Endilikda esa Andijonda “Sog‘lom avlod” projektorlarini OFK talablari darajasiga keltirish ustida ish ketmoqda.   Viloyatdagi bu o‘zgarishlar Milliy olimpiya qo‘mitasining ham e’tiboridan chetda qolmadi. Sportga g‘amxo‘rligidan kelib chiqib, Shuhratbek Abdurahmonov 2018 yilda “Hududlarda sportni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” sovrini bilan taqdirlandi. Endilikda Andijon viloyati hokimiyati hamda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi yangilangan “Sog‘lom avlod” stadionidagi ilk rasmiy bellashuvga tayyorgarlik ko‘ryapti. Kelishuvga ko‘ra, birinchi rasmiy uchrashuv 18 aprel — payshanba kuni Superliganing 5-turi doirasida o‘tkaziladi va unda “Nasaf” klubi andijonliklar mehmoni bo‘ladi.

  O‘FA birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov hamda tashkilotning boshqa vakillari, Andijon viloyati rahbariyati mazkur uchrashuvni bevosita stadiondan kuzatib borishi rejalashtirilgan.    Mamlakatimizda bu kabi ishlarning amalga oshirilishi futbolni yangi bosqichga olib chiqishi shubhasiz. Tez orada Namangan, Qo‘qon va Toshkent shaharlarida ham muxlislar kutayotgan ochilish marosimlari tashkil etiladi. O‘zbekiston futbol assosiasiyasi hamda Professional futbol ligasi endilikda quyi liga klublari to‘p suradigan stadionlar, U-21 jamoalarining maydonlari, bosqichma-bosqich ayollar va bolalar futboli maydonlarini ham sifatli ko‘rinishga keltirish ustida ish olib boradi. Ayni vaqtda esa biz millionlar o‘yiniga befarq bo‘lmagan andijonliklar va albatta bu mehmondo‘st viloyatda mehmon bo‘lish istagidagi yurtdoshlarimizni “Sog‘lom avlod” stadioniga taklif etib qolamiz.  

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 19:22, 12.04.2019.
O'qildi: 2435 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.