Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 19:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
20/05 19:00 Surxon 0-1 Nasaf
20/05 21:30 Salernitana 1-2 Verona
20/05 23:45 Bolonya 3-3 Yuventus

Umid Ahmadjonov, Ektor Kuper va Tohir Sodiqov – TDIUda sport festivali bo‘ldi

Umid Ahmadjonov, Ektor Kuper va Tohir Sodiqov – TDIUda sport festivali bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Bugun Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetida yoshlar sport festivali bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, TDIU bilan hamkorlikda tashkil etilib, yoshlarni sportga keng jalb etish va ommaviy sportni talabalar orasida targ‘ib qilish bosh g‘oya sifatida olib chiqildi.

Tantanali tadbirda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov, TDIU rahbariyati, yulduz sportchilarimiz, OAV vakillari va minglab talabalar ishtirok etishdi.

Ta’kidlash joiz, TDIUda turli yillarda Dmitriy Shokin, Rishod Sobirov, Abdullo Tangriyev, Mirjalol Qosimov, Iroda To‘laganova, Svetlana Radzivil, Islom To‘xtaxo‘jayev kabi ko‘plab xalqaro musobaqalar, jahon chempionati va Olimpiya o‘yinlarida yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan atletlarimiz taxsil olishgan. Tadbirning ochilish marosimida so‘zga chiqqan Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov ham bu jihatga alohida urg‘u berib o‘tdi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘zbek sportida o‘z o‘rniga ega. Ushbu oliy o‘quv-yurtining talabalari sportsevar. Universitet rahbariyati yoshlar sport festivalini o‘tkazish borasida tashabbus bilan chiqishganida, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi bu taklifni qo‘llab-quvvatladi. Muxtaram yurtboshimiz ham yoshlar orasida sportni rivojlantirish, ularni ommaviy tarzda jismoniy tarbiya va sportga jalb etish masalasida oldimizga aniq maqsad va vazifalarni belgilab berganlar. Shunday ekan, kelajakda bu sport tadbirini kengaytirib, uni o‘tkazishni an’anaviy tarzda yo‘lga qo‘yamiz”, – dedi Umid Ahmadjonov.

Mazkur festival mini-futbol, stol tennisi, boks va shaxmat sport turlari bo‘yicha tashkil etildi. Keskin va murosasiz kechgan bellashuvlar yakunida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar tashkilotchilarning qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. Shuningdek, tadbirda futbol bo‘yicha ayollar olimpiya terma jamoasi, Olimpiya o‘yinlari va jahon chempioni Muhammadqodir Abdullayev, boks bo‘yicha jahon chempioni va Olimpiya o‘yinlari sovrindori O‘tkirbek Haydarov, Osiyo o‘yinlari g‘olibi Bekzod Xidirov, professional boks bo‘yicha “WBS Silver” kamar sohibi Qudratillo Abduqahhorov, stol tennisi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Saida Mahmudova kabi sportimiz yulduzlarining ishtiroki va ular ijrosida tashkil etilgan master-klass yig‘ilgan muxlislarda bir olam taassurot qoldirdi.

 

Qolaversa, futbol musobaqasining final bellashuvini jahonning eng yaxshi hakamlaridan biri Ravshan Ermatov boshqarib borgani ham mazkur yoshlar sporti festivali ne chog‘lik yuqori saviyada o‘tkazilganidan dalolatdir.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi, argentinalik jahonga mashhur mutaxassis Ektor Kuper festival ishtirokchilarini qutlar ekan, bu kabi tadbirlar ommaviy sportni rivojlantirish, yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda beqiyos ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tdi.

Tadbirning badiiy qismida festival ishtirokchilari va mehmonlar uchun Tohir Sodiqov, Botir Qodirov, Farrux Komilov, Farhod va Shirin, VIA “Marokand” kabi estradamizning yorqin yulduzlari ishtirokida gala-konsert tashkil etilib, sumalak va halim kabi bahorning an’anaviy taomlari tortiq etildi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 19:18, 13.04.2019.
O'qildi: 5942 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.