Yaqinda bu ikki fenomenning qay biri kuchli degan savol bilan sobiq «Gallaktikos» futbolchilariga yuzlangan edik. Endi navbat «Barselona» klubining faxriylariga.
Karles Puyol
Futbolda jamoaviy natija hamma narsadan muhim deb hisoblayman. Agar tanlash kerak bo‘lsa, men Messini tanlayman. Sababi, u o‘z o‘yini bilan jamoaga Ronalduga nisbatan ko‘proq foyda keltiradi. Krish buyuk futbolchi, ammo jamoaviy o‘yinda Messi undan ustunroq. Shu sababli, menLeoni eng kuchli futbolchi deb bilaman.
Eto'o
Shu ham savolmi? Qanday qilib eng kuchli futbolchini bu so‘rovnoma orqali aniqlash mumkin?Ahir dunyoning eng kuchli futbolchisi Ronaldinoku?! Messi menga o‘z o‘g‘limdek bo‘lib qolgan. Sababi, u mening ko‘z oldimda ulg‘aydi va futbolchi bo‘lib yetishdi. Messi va Ronaldu tengsiz yigitlar, lekin men uchun ikkisidan ko‘ra Ronaldino kuchliroq. Nega deysizmi? Ronaldu va Messi to‘pni nima qilishni bilmay qoladigan vaziyatni Roni golga aylantira oladigan darajada maestro edi. Afsus, u futbol bilan jiddiy shug‘ullanmadi. Tanlash kerak bo‘lsa, men uchun ikki yigit ham bir xil darajadagi futbolchilar.
Rivaldo
Portugaliyalik futbolchining o‘yinlarini alohida qayd etishimiz joiz. Uning fenomen ekanligiga hech kimda shubha yo‘q, biroq shaxsan men uchun Messi birinchi raqamli futbolchi. U to‘p bilan Krishga nisbatan ko‘proq muomala qiladi. O‘ylashimcha, Messida yana «Oltin to‘p» sovrini bo‘ladi va u kim birinchi raqamli futbolchi ekanligini hammaga ko‘rsatib qo‘yadi.
Dani Alvez
Krish mehnatkash yigit. U hayotda erishgan yutuqlarining hammasiga ayni o‘z ustida tinimsiz ishlagani uchun erishgan, biroq Messi yaratgan tomondan berilgan iqtidor egasi. U o‘z o‘yini bilan hisobga ta’sir eta oladi. Yodimda, biz Ispaniya chempioni bo‘lganimizda Ronaldu primeroda «to‘p urar» bo‘lgan edi. Eng qizigi shundaki, ko‘plab jurnalistlar Ronaldu individual sovrinni qo‘lga kiritgani uchun bizni tanqid qilishgan edi. Krish o‘zini doim birinchi planga qo‘yadi. Leoga esa doim sahna ortida qolish ma’qul. Messi foydaliroq bo‘lgani uchun uni e’tirof etaman.
Deko
Bu savol menga qiyinchilik tug‘dirmaydi. Sababi, men uchun Iniyesta ikkisidan ham kuchliroq. U bemalol 3 yo 4 bor «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishi mumkin edi, lekin super yulduzlarning personal muxlislari bunga yo‘l qo‘ymadi. Uning kamtarligi «Oltin to‘p» sovrinidan bebahra qolib ketishiga olib keldi. Shunday bo‘lsa ham, futbol olami uni butun umrga yodida saqlab qolishiga aminman. Savolga keladigan bo‘lsak, Krish Messiga qaraganda jismonan baquvvatroq, Leo chaqqonroq, umuman olganda ikkala mega yulduzning darajasi bir xil, ammo men uchun eng kuchli futbolchi bu Iniyesta!
Maqolaning 3-qismida neytral futbol afsonalari orasida o‘tkazilgan so‘rovnomani e’tiboringizga havola etamiz. Bizni o‘qishda davom eting!
Я.У