Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Jiu-jitsu: Jahon kubogidan 15 ta medal bilan

Jiu-jitsu: Jahon kubogidan 15 ta medal bilan

Baho:
+ | -
Joriy yil 10-12 aprel kunlari Tailandning Chang Mayi shahrida Jiu-jitsu bo‘yicha talabalar o‘rtasida Jahon kubogi bahslari bo‘lib o‘tdi.   Xalqaro Jiu-jitsu federasiyasi (IJJF) hamda Xalqaro universitet sport federasiyasi (FISU) tashabbusi bilan tashkil etilgan sport bayramida dunyoning 20ga yaqin davlati sportchi talabalari ishtirok etdi.   Quvonarlisi, O‘zbekiston Jiu-jitsu federasiyasi mazkur nufuzli musobaqada ilk bora qatnashgan bo‘lishiga qaramay eng yaxshi natijaga erishdi.   Ne Waza, Fighting, Duo system yo‘nalishlarida bo‘lib o‘tgan murosasiz bahslar yakunida Umid Nabiyev, Feruz Usmonov, Nozimjon Odilov, Kamoliddin Anorqulov, Azizbek Tohirov, Umid Rahimovlar terma jamoamiz hisobiga 6 ta oltin medalni qo‘shib qo‘ydi. Shuningdek, yana 4ta kumush va 5ta bronza medaliga sazovor bo‘lgan vakillarimiz umumjamoa hisobida faxrli 2-o‘rindan joy oldi.   Mezbonlar 1-o‘rinni, qozog‘istonlik jiu-jitsuchilar esa 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.   Sportchilarimiz 16 aprel kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olinadi.
Manba: UZA
Kiritildi: 13:24, 14.04.2019.
O'qildi: 2068 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик