Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya 0-1 Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano 2-1 Granada
15/05 23:45 Brayton 1-2 Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis
17/05 00:30 Almeriya - Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli

Erta so‘ngan o‘zimizning yulduzlar

Erta so‘ngan o‘zimizning yulduzlar

Baho:
+ | -

Meksikada bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida porlagan Timur Hakimov va Abbos Maxsitaliyevlardan muxlislarimizning umidlari katta edi. Afsuski, ular professional darajaga chiqa olishmadi. Bugun aynan shunday futbolchilarimiz to‘g‘risida so‘z boradi

Vladimir Kozak

Bu yigit o‘z tengqurlari orasida alohida ajralib turar, haqli ravishda yetakchi futbolchi edi. Uning maydondagi harakatlarini ko‘rgan ko‘plab futbolchilar o‘zbek futbolining kelajagi deb aynan Kozakni e’tirof etishardi va shu sabab u tinimsiz terma jamoaga chaqiruv olar, klubida ham asosiy tarkibda maydonga tushardi. Yosh organizm katta yuklamalarga dosh bera olmadi va futbolchining o‘yinida o‘sish o‘rniga pasayish kuzatila boshlandi. Uni murabbiylar o‘zlari istagan nuqtaga qo‘yishar, Kozak esa indamay o‘z ishini qilishda davom eta boshladi. Uning asl pozisiyasi o‘zining ham yodidan ko‘tarilib ketgan bo‘lsa, ajab emas. Hozirda markaziy himoyada harakat qilayotgan qahramonimiz bir vaqtlar hujumkor yarim himoyachi edi va bu ishni ajoyib uddasidan chiqardi. Achinarlisi shundaki, kelajakda Server Jeparov, Mirjalol Qosimov darajasiga chiqishi kutilgan futbolchimiz hozirda o‘rtamiyona futbolchiga aylanib qoldi.

Igor Sergeev

Bu futbolchi o‘zbek futboliga katta qadamlar bilan kirib kelgan bo‘lsada, katta bosimga dosh bera olmadi. Uning «Paxtakor» stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Shimoliy Koreya termasi darvozasiga bosh bilan urgan golini bir esalng…
O‘z tengqurlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan JCH da ajoyib o‘yin ko‘rsatgan futbolchi ayrim insonlarning kasriga katta ruhiy bosim ostida qolib ketdi va o‘sishdan to‘xtab qoldi. Raqib jarima maydonida to‘p uchun ayovsiz kurash olib boradigan futbolchi so‘nggi paytlar sira o‘ziga o‘xshamayapti. Futbolchining yoshi ham 30 ga qarab ketayotganini hisobga olsak, u avvalgi darajasiga chiqa olishi kattagina so‘roq ostida qoladi…

Jamshid Iskanderov

Jaloliddin Masharipov hozirda futbolimizning yuzi sanaladi, ammo bundan bir necha yillar oldin futbolimizda bir futbolchi porlab chiqqan edi. Masharipov qanchalar iqtidorli bo‘lmasin, o‘sha futbolchining soyasida qolib ketgandi. Gap Jamshid Iskanderov haqida borayotganini darrov sezdingiz, chamamda…
Hozirda «Lokomotiv» safida hammasini boshidan boshlashga urunayotgan futbolchini jarohatlar ham jismonan, ham ruhan sindirib qo‘ydi. Shunga qaramasdan, qaxramonimiz o‘z kariyerasini avvalgi darajasiga olib chiqish maqsadida bor kuchi bilan ishlamoqda. Uning «Loko»da ham asosiy tarkibga kira olmayotgani futbolchining «ortga qaytishi»ga ishonishchimizni tobora so‘ndirmoqda. Shunga qaramasdan, biz «Jama»ga omad va zafarlar tilab qolamiz.

Ivan Nagayev

Ajoyib tezlik, chiroyli texnika egasi sanaladigan qaxramonimiz o‘zbek futbolida o‘z so‘zini ayta olmaganlardan biri. U taqdirning birin-ketin yo‘llayotgan zarbalariga qaramasdan, futbolga takror va takror qaytishni uddasidan chiqayotgan jangchiga o‘xshaydi. Ivanning potensiyali yuqori baholangan edi. O‘z vaqtida JCHda inglizlar darvozasini ishg‘ol qilgan futbolchi birorta klubdan muqim joy ola bilmadi. Grandlar safida esa doimo zahira o‘yinchisi maqomida faoliyat olib bordi. Shu tariqa yana bir ajoyib hujumchimiz porlashga ulgurmasdan, tobora xiralashib bormoqda. Kimdir hozir u chakki o‘ynamayaptiku deb, o‘ylashi mumkin, ammo bu futbolchi hozirgi darajasidan ancha balandroqqa ko‘tarilishi mumkin edi. Afsus, hujumchilarga ehtiyoj sezayotgan futbolimizga chaqqon hujumchi hozir har doimgidanda ko‘proq zarur edi…

Alibobo Rahmatullayev

Mirjalol Qosimovning «Bunyodkor» jamoasidagi sehrli tayoqchasiga aylangan futbolchi hozir butunlay ko‘rinmay qoldi… O‘z vaqtida ajoyib gollari bilan «Bunyodkor»ning g‘alabalariga hissa qo‘shgan futbolchiga Qosimovdan boshqa hech kim ishonmadi shekilli, Alibobo deyarli muxlislarning yodidan ham chiqib ketdi. Qanotlarda hujumga katta tezlikda o‘ta oladigan  futbolchi birdaniga futbolimizda paydo bo‘ldiyu, birdaniga ko‘rinmay qoldi… Qosimov kashf etgan futbolchilar hozirda katta arenalarda muvaffaqiyatli to‘p surayotganini hisobga olsak, bu futbolchimizning ham hozirgi kunimizga kelib tajriba to‘plagan, ajoyib vingerga aylanishi kerak edi…

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 13:17, 15.04.2019.
O'qildi: 9353 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.