Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

APL. «Arsenal» g‘alaba qozondi va 4-o‘ringa ko‘tarildi (videosharh)

APL. «Arsenal» g‘alaba qozondi va 4-o‘ringa ko‘tarildi (videosharh)

Baho:
+ | -

"Arsenal" Angliya premyer-ligasining 34-turi doirasida "Uotford" klubi mehmoni bo‘lib, qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi. Aslida, ushbu mavsum Unay Emeri shogirdlari safar o‘yinlarida qiynalishmoqda.

Bahsning 10-daqiqasida mezbon jamoa posboni Ben Fosterning qo‘pol xatosidan keyin "Arsenal" hisobni ochdi. Darvozabon himoyachi tomonidan yetkazilgan uzatmani tezda tepib yubormadi. Obameyang esa Fosterni ta’qib qildi va posbondan tezroq harakat qilib, to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi.

Oradan 1 daqiqa o‘tib Troy Dini raqib futbolchisi yuziga tirsagi bilan urgani uchun maydondan chetlatildi. Maydon egalari bir kishi kam bo‘lib qolganiga qaramay, butun o‘yin davomida "kanonirlar"ni taxlikada ushlab turishdi.

Ayniqsa, ikkinchi bo‘limda Adam Masina tomonidan olis masofadan yo‘llangan zarba natijasida to‘p darvoza to‘siniga tegdi. Undan biroz avval Mxitaryan juda yaqin masofadan zarba yo‘llab, darvozani ishg‘ol qila olganida, bahsdagi intriga ertaroq so‘nggan bo‘lishi mumkin edi.

"Arsenal" posboni Bernd Leno bir necha marta o‘z jamoasini gollardan qutqarganini ta’kidlash lozim.

Shu tariqa, "Arsenal" o‘z ochkolarini 66 taga yetkazib, jadvalda 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Shuncha ochko jamg‘argan "Chelsi" klubi qolganlarga nisbatan 1ta ko‘p o‘yin o‘tkazgan. "MYU" hisobida esa 33ta o‘yindan keyin 64 ochko mavjud.

Angliya chempionati, 34-tur
Uotford – Arsenal 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 10 Obameyang.
Uotford – Foster, Yanmat, Kabasele, Ketkart, Mazina (Sema, 86), Femeniya (Saksess, 59), Kapu, Dukure, Xyuz, Dini, Grey.
Arsenal – Leno, Mustafi, Mavropanos (Genduzi, 59), Kosyelni, Monreal, Torreyra (Ozil, 46), Jaka, Mxitaryan, Remzi (Meytlend-Naylz, 68), Ivobi, Obameyang.
Ogohlantirishlar: Kapu (54), Xyuz (86).
Chetlatish: Dini (11).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 06:08, 16.04.2019.
O'qildi: 4412 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик