Lotoreyadan 155 mln rubl yutib olgan saxalinlik yangi millioner Kamp Nouga tashrif buyurmoqchi.
Xabarlarga ko‘ra, pensioner Nikolay Kungursev "Barselona"ning o‘yiniga tashrif buyurmoqchi va Messi bilan uchrashmoqchi.
Millionerning gapiga ko‘ra, u dastlab yutuq chiqqaniga ishonmagan. Keyin esa unga qo‘ng‘iroq qilishgan va 155 mln rubl sohibi bo‘lganini aytishgan. U endi shaxsiy biznesini ochmoqchi.