Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting - Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal - Bayer
18/03 01:00 Chelsi - PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti - Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl

17 aprel kuni Osiyoda JCH-2022 saralash bosqichiga qur’a tashlanadi

17 aprel kuni Osiyoda JCH-2022 saralash bosqichiga qur’a tashlanadi

Baho:
+ | -

Osiyo qit’asida JCH-2022 va Osiyo kubogi-2023 qo‘shma saralashining dastlabki bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Tadbir 17 aprel kuni Malayziya poytaxti Kuala Lumpur shahrida Toshkent vaqti bilan 07:00da boshlanadi.

1-saralash bosqichi
FIFA reytingida eng quyi o‘rinlarni egallab turgan 12ta terma jamoa qur’a orqali 6ta juftlik hosil qilishadi.
1-savatcha: Malayziya, Kamboja, Makao, Laos, Butan, Mo‘g‘uliston
2-savatcha: Bangladesh, Guam, Bruney-Dorussalom, Sharqiy Timor, Pokistan, Shri-Lanka.

Uy-safar tizimida o‘tadigan ikkita o‘yindan iborat bosqichda g‘olib chiqqan 6ta jamoa keyingi bosqichga yo‘l olishadi. Bu bosqich bahslari shu yilning 6 va 11 iyun kunlari o‘tkaziladi.

2-saralash bosqichi:
Birinchi bosqichdan o‘tgan 6ta jamoa Osiyoning qolgan 34ta termasi safiga qo‘shiladi. 40ta terma jamoa 5tadan 8ta guruhga bo‘linadi. Guruh g‘oliblari (8) va 2-o‘rinlar orasida eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lgan 4ta terma keyingi bosqichga chiqadi. Mazkur 12ta terma jamoa Osiyo kubogi-2023 yo‘llanmasini ham qo‘lga kiritadi. Bu bosqich o‘yinlari 2019 yilning 5 sentyabridan 2020 yilning 9 iyuniga qadar o‘tkaziladi.

3-saralash bosqichi
12ta terma jamoa 6tadan 2ta guruhga bo‘linadi. Uchinchi bosqich o‘yinlari 2020 yilning 3 sentyabridan 2021 yilning 12 oktyabriga qadar o‘tkaziladi. FIFA JCH-2022da nechta jamoa ishtirok etishiga oydinlik kiritganidan keyin Osiyoga qancha kvota ajratilishi aniq bo‘ladi. Mundial yo‘llanmalari egalari nomi ushbu bosqichda aniq bo‘ladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:12, 16.04.2019.
O'qildi: 8029 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.