Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/02 21:00 Al-Ahli (SA) 4-3 Shabab al-Ahli
16/02 21:00 Sharja 1-2 Nasaf
16/02 21:00 Sharja 1-2 Nasaf
16/02 21:00 Al-Ahli (SA) 4-3 Shabab al-Ahli
16/02 23:00 Al-Hilol - Al-Vahda
16/02 23:00 Ash-Shorta - Duhayl
16/02 23:15 Al-Hilol - Al-Vahda
16/02 23:15 Ash-Shorta - Duhayl
17/02 00:45 Kalyari - Lechche
17/02 01:00 Jirona - Barselona

Xokkey bo‘yicha ilk O‘zbekiston chempionatining g‘olib va sovrindorlari aniqlandi

Xokkey bo‘yicha ilk O‘zbekiston chempionatining g‘olib va sovrindorlari aniqlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Poytaxtimizdagi «Ice City» muz maydoni mezbonlik qilgan xokkey bo‘yicha birinchi bor o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida barcha g‘olib va sovrindorlar aniqlab olindi. Xabar berib o‘tganimizdek, bosh sovrin uchun finalda «Binokor» hamda «Semurg‘» jamoalari kuch sinashdi.

Jamoalarning murosasiz kechgan qarama-qarshiligida g‘olib nomini aniqlash uchun 5 ta o‘yin kerak bo‘ldi. Hal qiluvchi uchrashuvda «Semurg‘» raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmay 4:1 hisobida ustun kelib, xokkey bo‘yicha ilk bor o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida g‘alaba qozondi.

Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston chempionati. Final

«Semurg‘» – «Binokor» 4:1 (seriyalar bo‘yicha 3:2)

Ta’kidlash joiz, bronza medallari «Humo» jamoasiga nasib etdi. Tantanali taqdirlash marosimida mavsumda o‘zini ko‘rsatgan bir qator xokkeychilarga shaxsiy sovrinlar topshirildi. Unga ko‘ra «Binokor» a’zosi Javohir Rasulov chempionatning eng foydali xokkeychisi bo‘ldi. «Semurg‘» hujumchisi Sergey Golev esa eng yaxshi to‘purar va hujumchi deb topildi. Shuningdek, Aleksandr Zokirov («Binokor») eng yaxshi darvozabon, Konstantin Govrilenko («Semurg‘») esa eng yaxshi himoyachi bo‘ldi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 09:26, 17.04.2019.
O'qildi: 1873 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.