Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan 3-0 Verona
28/12 19:00 Cremonese 0-2 Napoli
28/12 19:00 Sanderlend 1-1 Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas 0-1 Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya 1-1 Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma - Jenoa

Toshkent ikki yirik musobaqaga jiddiy hozirlik ko‘rmoqda

Toshkent ikki yirik musobaqaga jiddiy hozirlik ko‘rmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Aprel oyi ko‘plab xalqaro musobaqalarga boy. Ular orasida poytaxtimiz mezbonlik qiladigan turnirlar ham bor, albatta.

Oy yakunigacha Toshkent 2 yirik musobaqani qabul qiladi. Ular velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionati va badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogi bosqichi. Ertaga badiiy gimnastika bellashuvlariga start beriladi.

Veloshosse bo‘yicha bahslar esa 23 aprelda boshlanadi. Ikkala turnirda ham 20 dan ortiq mamlakat sportchilari ishtirok etadi. Milliy olimpiya qo‘mitasi vakillari har ikki musobaqaga olib borilayotgan tayyogarliklar yuzasidan federasiya bazasiga tashrif buyurib, jarayon bilan yaqindan tanishdi.

Badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogi bosqichi Tokio Olimpiadasiga lisenzion ochkolar taqdim etadi. Veloshosse doirasidagi Women Elite va Men Elite yo‘nalishlarida g‘alaba qozonganlar Tokio Olimpiadasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma qo‘lga kiritishadi. Shu bois ham unda qit’amizning barcha eng kuchli velosportchilari ishtirok etishadi.

 

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 20:17, 18.04.2019.
O'qildi: 1961 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.