Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan 3-0 Verona
28/12 19:00 Cremonese 0-2 Napoli
28/12 19:00 Sanderlend 1-1 Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas 0-1 Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya 1-1 Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma - Jenoa

Miraziz Mirzahalilov ham Osiyo chempionatini g‘alaba bilan boshladi

Miraziz Mirzahalilov ham Osiyo chempionatini g‘alaba bilan boshladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati qizg‘in davom etmoqda. Ayni paytga kelib, ikkinchi kunning kechki dasturidan o‘rin olgan bellashuvlar o‘tkazilyapti.

Biroz avval terma jamoamizning yana bir vakili Mirazizbek Mirzahalilov (-56 kg) ham musobaqadagi ishtirokini boshladi. Osiyo o‘yinlarining g‘olibi hisoblanmish ushbu bokschimiz dastlabki jangni qirg‘izistonlik Almanbek Alibekovga qarshi o‘tkazdi.

Yurtdoshimizning ustunligida o‘tgan jang yakunda hakamlarning ochkosida ham o‘z ifodasini topdi va Mirzahalilov keyingi davraga yo‘l oldi. Yana birozdan so‘ng Shunqor Abdurasulov (-64 kg) hamda Isroil Madrimov (-75 kg) ham ringga chiqishadi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 17:53, 20.04.2019.
O'qildi: 1687 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.