Italiya chempionatining ushbu mavsumi yakunlanishiga 5 tur qolganida "Yuventus" Skudettoni qo‘lga kiritdi. O‘tgan yilning yozida turinliklar safiga kelib qo‘shilgan Krishtianu Ronaldu o‘z faoliyati davomida 6-marta mamlakat chempioniga aylandi.
Portugaliyalik futbolchi avvalroq Angliya premyer-ligasida 3 marta, Ispaniya La ligasida 2 marta g‘oliblikka ega chiqqan.
Shu paytgacha hech bir futbolchi Angliya, Ispaniya va Italiya milliy chempionatlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritmagan edi.