Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati doirasidan o‘rin olgan uchinchi kun bellashuvlari davom etmoqda. Biroz avval vakillarimizdan Bobo-Usmon Baturov musobaqa doirasida o‘zining ikkinchi jangini o‘tkazdi.
-69 kilogramm vazn toifasida jang olib borayotgan yurtdoshimiz bu gal eronlik bokschi Sajjar Kazemzadaposhtiri bilan to‘qnash kelib, raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Bu g‘alaba Baturovga chorak final yo‘llanmasini taqdim qildi.













