Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/02 21:00 Al-Ahli (SA) 4-3 Shabab al-Ahli
16/02 21:00 Sharja 1-2 Nasaf
16/02 21:00 Sharja 1-2 Nasaf
16/02 21:00 Al-Ahli (SA) 4-3 Shabab al-Ahli
16/02 23:00 Al-Hilol - Al-Vahda
16/02 23:00 Ash-Shorta - Duhayl
16/02 23:15 Al-Hilol - Al-Vahda
16/02 23:15 Ash-Shorta - Duhayl
17/02 00:45 Kalyari - Lechche
17/02 01:00 Jirona - Barselona

Bugun Osiyo-Okeaniya chempionatida dzyudochilarimiz 3 ta medal olishdi

Bugun Osiyo-Okeaniya chempionatida dzyudochilarimiz 3 ta medal olishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, ayni kunlarda BAAning Fujayra shahri dzyudo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionatiga mezbonlik qilmoqda. Quvonarlisi, bugungi kun bellashuvlari terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.

Mazkur kun doirasida tatamiga chiqqan yurtdoshlarimiz 2ta kumush va 1 ta bronza medallarini jamg‘arishdi. Kumush medallardan biri -70 kilogramm vazn toifasida bahs olib borgan Gulnoza Matniyazovaga nasib etdi. Hamyurtimiz hal qiluvchi bellashuvda dzyudo vatanidan bo‘lmish yaponiyalik Shixo Tanakaga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Shuningdek, yana bir kumush medalni -81 kilogramm vazn toifasida kurashgan Sharofiddin Boltaboyev qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Hikmatilloh To‘rayev -73 kilogarmm vaznnig bronza medali uchun kechgan bellashuvlaridan birida tojikistonlik raqibini mag‘lub etdi.

Kecha Diyora Keldiyorovaning erishgan muvaffaqiyati bilan hisoblaydigan bo‘lsak, dzyudochilarimiz mazkur chempionatda jamg‘argan medallari 2 ta oltin, 1 tadan kumush hamda bronzani tashkil etmoqda.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 20:04, 21.04.2019.
O'qildi: 2805 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.