Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Shota Arveladze: «Bizda ba’zi o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin, buni ertaga ko‘rasiz»

Shota Arveladze: «Bizda ba’zi o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin, buni ertaga ko‘rasiz»

Baho:
+ | -

Osiyo chempionlar ligasi 4-tur doirasidagi “As Sadd”– “Paxtakor” uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida “sherlar” bosh murabbiyi Shota Arveladze va jamoa sardori Yegor Krimes qatnashishdi.

Arveladze: - Ertaga bizni qiyin va qiziqarli o‘yin kutmoqda. Turnir jadvali va ochkolardan kelib chiqsak, o‘ta ahamiyatli to‘qnashuv. Har ikki jamoa futbol o‘ynashga intiladi. Muxlislar chiroyli va hujumkor futbol ko‘rishadi deb o‘ylayman.

Guruhimizda kuchli jamoalar jamlangan. Kimningdir g‘alabasi men uchun syurpriz bo‘lmaydi. Barcha jamoalarda imkoniyat bor. Bizda ba’zi o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin, buni ertaga ko‘rasiz.

Doxada qandaydir boshqacha o‘yin bo‘ladi deb o‘ylamayman. Har ikki jamoa to‘pni nazorat qilishga, hujum uyushtirishga intiladi. Safimizda o‘zini ko‘rsata oladigan futbolchilar bor, ularning o‘yinini yoqtirib qolishingiz mumkin.

Raqibni Toshkentdagi o‘yindan keyin yanada o‘rgandik. Ba’zi kamchiliklarini bildik, o‘zimiz uchun xulosalar chiqardik. Ertaga bundan foydalanishga urinamiz.

Krimes: - Ertaga bizni yaxshi o‘yin kutib turibdi deb o‘ylayman. Bu yerga o‘z futbolimizni ko‘rsatish va g‘alaba qozonish maqsadida keldik.

Ertaga bizni durang qoniqtiradimi? Ikki o‘yinda durang o‘ynash guruhdagi vaziyatga ta’sir qilishi mumkin. Biz zafar quchishga intilamiz.

Manba: www.pakhtakor.uz
Kiritildi: 21:25, 21.04.2019.
O'qildi: 3721 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.