Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo 1-2 Elche
26/04 21:00 Torino 2-2 Inter
26/04 21:30 Osasuna 2-1 Sevilya
26/04 23:45 Milan 0-0 Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al - Buxoro
27/04 19:00 OKMK - Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf

Xose Luis Syerra: «Barchada bo‘lgani kabi bizda ham muammolar bor»

Xose Luis Syerra: «Barchada bo‘lgani kabi bizda ham muammolar bor»

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

“Lokomotiv”ga qarshi o‘yindan oldin “Al Ittihod” bosh murabbiyi Xose Luis Syerra matbuot anjumanida qatnashdi.

– Bu o‘yin biz uchun juda ham muhim. Shu boisdan bunda biz yaxshi natija qayd etishga harakat qilamiz.

– “Al Ittihod” OCHLdagi 3 o‘yinda 9 gol urib, 7 gol o‘tkazib yubordi. Bu sermahsullik va bo‘sh himoyaning sababi nimada?

– Avvalo bu bizning tizimimiz bilan bog‘liq. Biz hujumkor jamoamiz va shu boisdan ko‘plab gollar uramiz. Ammo hujumkor jamoa himoyada biroz bo‘shliqlarga yo‘l qo‘yadi. Ertangi o‘yinda ham biz hujumkorlikni namoyish etib, gollar kiritmoqchimiz. Ammo himoyada bo‘shliqlarga yo‘l qo‘ymoqchi emasmiz.

photo_2019-04-21_17-52-24

– Jamoada yo‘qotishlar bormi?

– Albatta, barcha jamoalarda bo‘lgani kabi, bizda ham muammolar bor. Ammo biz ayni vaqtda qo‘l ostimizda bo‘lgan futbolchilarga ishonamiz va ular o‘yinlarda qatnashishadi.

– Jamoa tarkibida legionerlar juda ko‘p. Ammo OCHLga faqatgina 4 nafar xorijlikni ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin. Bu jamoaning o‘yiniga qanchalik ta’sir ko‘rsatadi?

– Bizda 9 nafar legioner bor. Baribir biz milliy chempionatda ham ularning 4 nafaridan foydalanamiz. Umuman olganda gap sonda emas, kimlarni o‘ynatishda. Biz shunga e’tibor beramiz.

– “Al Ittihod” o‘z maydonidagi o‘yinlarni muxlislarsiz o‘tkazdi. Ertaga esa o‘yinga “Lokomotiv” muxlislari tashrif buyuradi. Umuman olganda muxlislarsiz o‘yin va muxlislar bilan o‘yin qanday farq qiladi?

– Bizga bu ta’sir o‘tkazmaydi. Ertaga biz safarda o‘ynaymiz. Muxlislar esa “Lokomotiv”ga muxlislik qilishadi. Shu orqali safarda ham huddi uydagi kabi o‘ynaymiz.

photo_2019-04-21_17-52-30

Xolid al-Samiri: – Ertaga ikki tomonni ham qiyin o‘yin kutib turibdi. Ammo biz bu yerga 3 ochko uchun kelganmiz. “Lokomotiv” – kuchli tarkibga ega bo‘lgan kuchli jamoa. Ertangi o‘yindan keyin ham biz turnir jadvalidagi o‘rnimizni saqlab qolishga harakat qilamiz.

OCHLda muxlislarsiz o‘ynagan bo‘lsak-da, milliy chempionatda muxlislar bilan o‘ynaymiz. Ertaga biz bu haqida o‘ylamaymiz. Bizga faqatgina yaxshi natija kerak.

Manba: Lokomotiv.uz
Kiritildi: 21:39, 21.04.2019.
O'qildi: 2770 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик