Kirish Ro'yxatdan o'tish

Superliga. Tur goli – Lutfullo To‘rayev

Superliga. Tur goli – Lutfullo To‘rayev

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 5-turi o‘z yakuniga yetdi. Mazkur turda muxlislar bir-biridan chiroyli gollar guvohiga aylanishdi.

Stadion.uz talqiniga ko‘ra, 5-turining eng chiroyli goli deb “Bunyodkor” futbolchisi Lutfullo To‘rayevning AGMK darvozasiga kiritgan goli topildi.

Lutfullo To‘rayev jarima zarbasidan ajoyib gol urib, jamoasning muhim g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shdi. Shuningdek, futbolchi o‘zining sobiq jamoasiga hurmat saqlagan holda ajoyib golini nishonlamadi.

Shu tariqa, “Bunyodkor” safarda AGMKni 1:0 hisobida taslim etdi. “Bunyodkor” 5-turga kelib, 9 ochko bilan turnir jadvalida 3-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, AGMK 4 ochko bilan 11-pog‘onada joylashgan.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 10:01, 22.04.2019.
O'qildi: 5076 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик