Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

Son Xyon Min haqida 4 ta fakt

Son Xyon Min haqida 4 ta fakt

Baho:
+ | -

Xozirda o‘z o‘yinlari bilan muxlislarning yoqimtoyiga aylangan Son Xyon Min xaqidagi qiziq ma’lumotlarni sizlar bilan baxam ko‘rdik.

Otasining xizmatlari

«Tottenhem» klubi hujumchisining dadasi ham o‘z vaqtida futbolchi bo‘lgan, biroq jiddiy yutuqlarga erisha olmagan ekan. Son 6 yoshidan 15 yoshga to‘lguniga qadar  otasi bilan shug‘ullanadi.  15 yoshga to‘lganidagina «Seul» klubi akademiyasiga qabul qilinadi. U akademiyada atigi 1 yilgina shug‘ullanadi va «Gamburg» klubi seleksionerlari tomonidan Germaniyaga olib ketiladi. Qahramonimiz o‘z intervyularida otasidan minnatdor ekanligini yashirib o‘tirmaydi. Sonning bosimsiz harakat qilishi  va og‘ir damlarda o‘yinni o‘ziga bo‘ysundira olish mahorati ham aynan dadasining hizmatlari bo‘lsa, ajab emas.

Nistelroy menga o‘z otamdek yaqin

Futbolchi «Gamburg» akademiyasida ikkita ajoyib mavsumlarni o‘tkazgach, klub u bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi. Aynan o‘sha davrda «Gamburg» safida Rud van Nistelroy, Mladen Petrich, Gerrero singari super forvordlar to‘p surar, asosiy tarkibda maydonga tushishning deyarli iloji yo‘q edi. Shunga qaramasdan oxirigacha kurash olib borgan qahramonimiz sekin-asta Petrichni safdan chiqarib yuboradi va muxlislar yoqimtoyiga aylanadi. Futbolchining o‘zi o‘sha davrlarlarni xotirlab shunday degan edi : “Men Germaniyaga kelganimda birorta tilni bilmas, o‘spirin yoshidagi hayolparast edim. Asosiy tarkibga ko‘chib o‘tganimda juda hayajonlanganman. Aynan o‘sha damlarda menga dalda bergan, o‘z maslahatlarini mendan ayamagan Rudga hurmatim juda baland. U menda nimadir bor ekanligini ko‘p bor takrorlar, o‘z ustimda ishlashim kerakligini uqtirar edi. U menga huddi o‘z otamdek yaqin.

«Tottenhem»dan ketmoqchi bo‘lgan

Futbolchining «tumanli albiyon»dagi ilk mavsumi omadli kelgan deya olmaymiz. Sababi, klubda raqobat kuchli, u o‘ynaydigan o‘ng qanotda Erik Lamella ajoyib o‘yin ko‘rsatar, chap qanotda esa Sonning o‘yinlari ko‘ngildagidek chiqmas edi. O‘sha mavsumni deyarli zahirada o‘tkazgan Koreyalik futbolchi Pochettinoga mavsum yakunlanishi bilan o‘zini qo‘yib yuborishini iltimos qilgan ekan. Argentinalik mutaxassis esa, Son uning rejalarida borligini va yana biroz sabr qilishini so‘ragan, futbolchini qolishga ko‘ndirgan ekan. Ishonish qiyin bo‘lsada, futbolchi o‘sha paytlar  «Bundesliga»ga qaytib ketmoqchi bo‘lgan ekan.

Bir qator rekordlar sohibi

U 18 yoshida «Gamburg» safida debyut uchrashuvining o‘zidayoq gol urib, klub tarixidagi eng yosh gol urgan futbolchiga aylanadi. Keyinchalik «Bayer» uni 10 million yevro evaziga harid qiladi va o‘z tarixidagi (o‘sha davrlar uchun) eng qimmat futbolchiga aylantiradi. Keyinchalik 30 million evaziga «Tottenhem» safiga o‘tgan Son Koreyalik eng qimmat futbolchiga aylangani tahsinga sazovor. Shuningdek, u APLda ikki bor, ketma-ket oyning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan birinchi va hozircha oxirgi Osiyolik futbolchi hisoblanadi. Hozirgi kunda Sonning transfermarketdagi narxi taxminan 50 million yevroni tashkil etmoqda. Bu qit’amiz uchun yangi rekord bo‘lib turibdi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:14, 23.04.2019.
O'qildi: 5937 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик