Kirish Ro'yxatdan o'tish

Isroil Madrimov imkoniyatni boy berib qo‘ydi

Isroil Madrimov imkoniyatni boy berib qo‘ydi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Tailand poytaxti Bangkok shahrida davom etayotgan Osiyo chempionatining chorak final uchrashuvlari davom etmoqda. O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan ikki nafar bokschi yarim final yo‘llanmasi uchun ringga chiqdi.

-60 kg vazn toifasida ringga chiqqan Shukurjon Rahimov turkmanistonlik Xursand Imankulovga qarshi jang olib bordi. Ikkinchi raundda Rahimovning qoshi yorilgach, hakam jangni to‘xtatdi. O‘sha paytgacha ustunlikka ega bo‘lgan Rahimov hakamlarning turlicha baholari evaziga, ochkolar hisobiga ko‘ra, g‘alaba qozonib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

-75 kg vaznda terma jamoa yetakchisi Isroil Madrimov esa chorak finalda o‘ta jiddiy raqib, qozog‘istonlik Tursunbay Kulahmetga qarshi ringga chiqdi. Murosasiz kurashlarga boy bo‘lgan jangda Madrimov hakamlarning turlicha qarori bilan ochkolar hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 12:23, 23.04.2019.
O'qildi: 4518 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик