Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal - Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

O‘zbekiston U-16 terma jamoasi «Paxtakor» yoshlariga qarshi nazorat o‘yini o‘tkazdi

O‘zbekiston U-16 terma jamoasi «Paxtakor» yoshlariga qarshi nazorat o‘yini o‘tkazdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Azamat Abduraimov boshchiligidagi O‘zbekiston U-16 terma jamoasi Toshkentda yig‘in o‘tkazayotgani haqida xabar berib o‘tgandik. Terma jamoa a’zolari "Chig‘atoy" sport bazasida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazishmoqda. Yig‘in davomida murabbiylar shtabi terma jamoaga nomzod bir qator futbolchilarni sinovdan o‘tkazib olishyapti. Shu bilan birga futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini yaxshilash borasida ham ish olib borilmoqda.

Yig‘in doirasida O‘zbekiston U-16 terma jamoasi "Nasaf", "Lokomotiv, "Spartak" yoshlariga qarshi nazorat o‘yinlari o‘tkazdi. Bugun esa Azamat Abduraimov shogirdlari "Paxtakor" yoshlari bilan kuch sinashishdi. O‘yin 2:1 hisobida "Paxtakor" foydasiga hal bo‘ldi. O‘yin davomida murabbiylar shtabi bir qator taktik sxemalarni sinovdan o‘tkazib olishdi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentdagi yig‘in 24 aprelga qadar davom etadi.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 14:47, 23.04.2019.
O'qildi: 2612 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик