Xabaringiz bor, ayni kunlarda Azamat Abduraimov boshchiligidagi O‘zbekiston U-16 terma jamoasi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari orqali Osiyo chempionati saralash bahslariga tayyorgarlik ko‘rmoqda. O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan terma jamoamiz bo‘lajak muhim musobaqaga yetarlicha tayyorgarlik ko‘rishi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratib berilmoqda.
Jumladan, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi O‘zbekiston U-16 terma jamoasiga saralash o‘yinlarida qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida, Osiyo chempionati saralash o‘yinlariga mezbonlik qilish bo‘yicha Osiyo futbol konfederasiyasiga so‘rovnoma yuborgandi. OFK mazkur so‘rovnomaga ijobiy javob qaytarib, U-16 Osiyo chempionati saralashidan o‘rin olgan tegishli guruhdagi o‘yinlar Toshkentda bo‘lib o‘tishini tasdiqladi. Saralash bahslari shu yilning oktyabr yoki noyabr oylarida o‘tkaziladi. Mazkur saralash o‘yinlariga qur’a tashlash marosimi sanasi OFK tomonidan alohida e’lon qilinadi.
Umumiy hisobda U-16 Osiyo chempionati saralash bahslari quyidagi mamlakatlarda o‘tkaziladi:
G‘arbiy hudud: Iordaniya, Saudiya Arabistoni, Eron, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qatar.
Sharqiy hudud: Indoneziya, Laos, Myanma, Singapur, Vyetnam.
La Liga. "Elche" - "Barselona" - 0:5 (Videosharh) [3386]
«Atletiko»da Alvaresning ketishi mumkin bo‘lgan yagona shart ma’lum qilindi [3369]
OAV: Lamin Yamal sevgilisi bilan birga yashashni boshladi [3193]
Enso Fernandes «Barselona» va «Real» o‘rtasida tanlov qildi [2835]
Rafinya golini nega "O‘rgimchak odam" uslubida nishonlaganini tushuntirdi [2652]
Alvares «Barselona» bilan kelishuvga erishdi. [2639]
Rafinya «Barselona»ga yangi hujumchi kerakmi, degan savolga javob berdi [2328]
«Barselona» yarim himoyachi uchun 140 million yevro to‘lashga tayyor [2228]
Turkiya chempionati. "Trabzonspor" - "Bashakshehir" - 2:1 (Videosharh) [2066]
Shomurodov va Fayzullayevning «Trabzonspor»ga qarshi bahsdagi o‘yiniga baho berildi [2057]













