Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya 0-1 Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano 2-1 Granada
15/05 23:45 Brayton 1-2 Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis
17/05 00:30 Almeriya - Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli

Kimlar grandlar e’tiborida turibdi?

Kimlar grandlar e’tiborida turibdi?

Baho:
+ | -


Futbolchilar doimo kuchli klublarda o‘ynashni orzu qilishadi va shu maqsad sari intilishadi. Bu tabiiy hol. Kim ham o‘z iqtidorini katta arenalarda namoish etishni xohlamaydi deysiz? Bugun ana shunday iqtidor egalari haqida so‘z boradi.

Torgen Azar

Bir necha yillardan beri akasi Edenning soyasida qolib ketayotgan Torgen Azar «Bundesliga»da o‘z o‘rnini topib ketdi. «Borussiya Myunhengladbeh»  klubi safiga borib qo‘shilganida uning yoshi 20 dan o‘tgan, mashhur akasining nomidan foydalanadigan futbolchidek ko‘ringan edi, biroq hammasi boshqacha bo‘lib chiqdi. Futbolchi ketma-ket ajoyib mavsumlarni o‘tkazib jamoasining yetakchisiga aylanib ulgurdi. O‘tgan mavsumda futbolchi har bir uchrashuvda o‘rtacha 3 ta o‘tkir pasni ijro etgan bo‘lsa, bu mavsumda  ko‘rsatgichni 3,7 ta ko‘tarishga muvaffaq bo‘ldi. Boz ustiga bu mavsumda qahramonimiz 20 tadan ko‘proq gol urishni ham uddasidan chiqqan. Bu uning o‘sib borayotganidan dalolat. 26 yoshlik futbolchining bu mavsumda ko‘rsatayotgan o‘yinlari ko‘plab grandlar e’tiborini tortmqoda. Ayniqsa, Klopp futbolchi bilan jiddiy qizib qolgan. «Bundesliga» futbolchilarini klubda ko‘rishni hush ko‘ruvchi murabbiy keyingi mavsumda Belgiyalik futbolchini tarkibiga qo‘shib olmoqchi. Hozirda Torgenning transfer summasi taxminan 30 million yevroni tashkil etmoqda. Bu esa grand klublarni  yanada qiziqtirib qo‘yishi aniq.

Nikola Pepe

«Lill» klubi iqtidorlarni kashf etish borasida maqtana oladiganlar sirasiga kiradi. Eden Azar va Jerviniodek futbolchilarni yetkazib bergan klub hozirda «Liga 1» da ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda. Ayniqsa Pepening o‘yinlari muxlislarga zavq ulashayotganini alohida qayd etish lozim. Hujumning istalgan pozisiyasida harakat qila oladigan universal futbolchi  APL grandlari e’tiborida turibdi. Tezkor, kurashlardan qochmaydigan hujumchi bu mavsumda 23 yoshga to‘lishini inobatga olsak, uning navbatdagi klubi grandlardardan biri bo‘lishi kutilmoqda. Hozirda unga «Arsenal» jiddiy qiziqsh bildirmoqda. «Konanirlar» hujumchi uchun 40 milliondan voz kechishga tayyor ekanligini e’lon qilishdi. «Lill» esa futbolchisini qimmatroq sotish niyatida. Ko‘ramiz voqealar rivoji qanday yakun topar ekan?

Filip Max

«Augsburg» klubi qanot himoyachisi kuchsiz klubda ham o‘zini ko‘rsatishi mumkinligini hammaga isbotlab qo‘ydi. O‘tgan mavsumda «Bavariya» va «Borussiya Dortmund» klublari taklifini rad etgan futbolchi bu mavsumni fantastic darajada o‘tkazmoqda. Bu mavsum uning hisobida 2 ta gol va 15 ta assist bor ekanligi so‘zimizga yaqqol isbot bo‘la oladi. Elitada jon saqlash uchun kurash olib boradigan klub futbolchisi har uchrashuvda 3 ta o‘tkir pas berishiga ishonish qiyin. Hozirda futbolchining taxminiy qiymati 20 million yevroni tashkil etmoqda. Ammo futbolchi uchun asosiy davogar «Manchester Yunayted»uni qo‘lga kiritish uchun bundanda ko‘proq bera oladi. Sulsher uni Eshli Yangning o‘rinbosari sifatida ko‘rayotgani transferning hademay amalga oshishi bilan tugasa, ajab emas.

Sebastyan Alle

Gollandiyaning «Utrext» klubida 98 ta uchrashuvda maydonga tushib, 60 gol urgan futbolchini o‘tgan mavsumda harid qilgan «Ayntraxt Frankfurt» klubi uning transferidan yaxshigina pul ishlab olishi mumkin. «Bundesliga» bahslarida foydali ish koyfissiyenti Levandovskiynikidan ham baland bo‘lgan futbolchining sovchilari ko‘payib bormoqda. Yovich, Rebich, Sebastyan Alle uchligi hozirda nafaqat Germaniya, balki butun Yevropani o‘ziga qaratishga muvaffaq bo‘ldi. Baland bo‘yli sovuqqon hujumchini «Everton» va «Arsenal» o‘z safida ko‘rish maqsadida klub bilan aloqaga chiqqan bo‘lsada, hozircha uning ketishi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Fransuzning o‘zi tezroq top klubga o‘tish maqsadida klub taklif qilgan shartnomaga qo‘l qo‘yishdan bosh tortdi va o‘zini sotib yuborishlarini iltimos qildi. U markaziy hujumchi bo‘lishiga qaramasdan, yarim himoya va qanotda ham ishonchli o‘yin ko‘rsata oladi. U o‘zining aynan shu hislatlari uchun ham ko‘plab grandlarning e’tiborini o‘ziga qarata oldi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:13, 23.04.2019.
O'qildi: 10903 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.