“Verder” hujumchisi Klaudio Pisarro yozda faoliyatini yakunlashi mumkin. Bu haqda Bild nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, 40 yoshli perulik futbolchi yozda faoliyatini yakunlashi mumkin. “Bavariya” futbolchini klubning elchisi bo‘lishini xohlayapti.
“Verder” esa futbolchini klub safida saqlab qolishga umid qilmoqda.