Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Tokioga veloshosse yo‘li Toshkentdan boshlanadi

Tokioga veloshosse yo‘li Toshkentdan boshlanadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Bugun Toshkent yana bir nufuzli musobaqaga mezbonlik qilishni boshladi. Qit’amizning eng kuchli veloshosse ustalari 28 aprelga qadar kechadigan bahslarda o‘zlarining bor iqtidorlarini namoyish etish uchun yurtimizga tashrif buyurishdi.

Qolaversa, ushbu Osiyo chempionati mazkur sportning Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan yo‘nalishlarida Olimpiya yo‘llanmalarini taqdim etishi bilan yanada ahamiyatli. Shu bois ham unda «sariq qit’a»ning 40 ga yaqin mamlakatidan 500 ga yaqin eng sara sportchilar jam bo‘lishdi.

Bugun musobaqaning birinchi kun dasturlari o‘tkazildi. Unda ko‘pchilikning diqqat-e’tibori erkaklar va ayollar o‘rtasidagi jamoaviy sprint poygasiga qaratildi. Poygalarda erkaklar o‘rtasida Qozog‘iston, ayollar o‘rtasida esa Janubiy Koreya terma jamoasining qo‘li baland keldi. Ushbu dasturda hamyurtlarimiz ham ishtirok etib, sakkizinchi va beshinchi natijani qayd etishdi. Shuningdek, kunning ikkinchi yarmida parasportchilar bo‘yicha ham kator klassifikasiyalar bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlab olindi.

Mazkur bellashuvlarga Bo‘stonliq tumani mezbonlik qilmoqda. Ochiq tabiat va toza havo qo‘ynida kechayotgan poygalar ko‘plab muxlislarga manzur bo‘lmoqda. Ta’kidlash joiz, jamoamiz vakillarining yetakchilikdagi chiqishlari hali oldinda. Ertaga 20 va 23 yoshgacha bo‘lgan toifada yakkalik bellashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 21:27, 23.04.2019.
O'qildi: 1509 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик