Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Ibrahimovichni hayratda qoldirgan futbolchi haqida

Ibrahimovichni hayratda qoldirgan futbolchi haqida

Baho:
+1 | -1

Ibrahimovich: “Agentim va do‘stim Mino Rayola «Ayaks»da o‘ynab yurgan davrimda nuqul Nedvedni menga misol qilib ko‘rsatar, uning mashg‘ulotlarda qanday ter to‘kishi haqida to‘lqinlanib aytib berardi. To‘g‘risi, meni ruhlantirish uchun shunday deyapti, deb hisoblar edim. Oradan vaqt o‘tib, «Yuventus»ga o‘tdim va Pavel bilan mashg‘ulotlarda qatnashdim. Ishoning, ertasi kuniyoq Minolaga qo‘ng‘iroq qilib hayratda ekanligimni aytdim. U sog‘ emas, uning mashg‘ulotlarda o‘zini ayamasdan shug‘ullanishini ko‘rganingizda uni siz ham aqli joyidaligiga ishonmagan bo‘lar edingiz”
Sezganingizdek, bugun  Chexiya raketasi Nedved  haqida so‘z boradi.

Futbolchilikning boshlanishi

Proffesional futbol bilan 1992-yildan boshlab shug‘ullangan Pavel 1972-yilda Chexiya va Germaniya chegarasidagi Skayna shaharchasida tavallud topgan. Futbolchi 5 yoshidan boshlab futbol bilan jiddiy shug‘ullanishni boshlaydi. Skodaning «Plzen» klubi safidagi ajoyib o‘yinlari evaziga omma e’tiboriga tushgan futbolchini tez orada Praganing «Dugla» klubi o‘z safiga qo‘shib olgan bolsada, «Praga» klubi tezda sotib oladi.  «Praga» safida debyut qilgan qahramonimiz  ketma-ket 3 ta chempionlikni qolga kiritadi va kattaroq marralarni zabt etish uchun Yevropaga yo‘l oladi.

"Lasio"

90-yillarda «Italiya A» seriyasi eng kuchli liga hisoblanar, super yulduzlar doim Italiyada o‘ynashni orzu qilishar, biroq bunday baxt hammaga ham nasib etavermas edi.
Nedved «Lasio»ga o‘tgach, klub o‘yini tubdan o‘zgaradi. Uning mehnatkashligiga suyangan «Lasio» hujumda erkinroq o‘ynar, markazni to‘liq Nedvedga topshirib qo‘ygan edi. Nedved ikki bor Italiya kubogi va Super Kubokni qo‘lga kiritgach, muxlislar uzoq kutgan «A seriya» dagi chempionlik uchun mislsiz xizmat ko‘rsatadi. Futbolchining o‘zi esa, yulduzlik kasalligiga chalinmaslik uchun mashg‘ulotlar chog‘ida o‘z ustida qattiq ishlar, maydonda hammadan ko‘proq yugurishda davom etar edi.

«Yuventus»

2001-yilda Turin super klubi Zidanni «Real Madrid»ga sotib yuborgach, Nedvedni 50 million yevro evaziga harid qiladi. O‘sha davrlar uchun fantastik summa bo‘lishiga qaramasdan, Nadved «Yuve» safida ajoyib 8 ta mavsumni o‘tkazadi va muxlislar yoqimtoyiga aylanadi. 2003-yilda «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan chex futbol olamini to‘liq zabt etdi desak, adashmagan bo‘lamiz. Uning maydonda kurashlardan qochmasligi va o‘ta muhim gollarni urishi «biankoneri»lar o‘yin saviyasining oshishini ta’minlaydi. Afsuski, «Milan» bilan YECHL finalidagi uchrashuvni o‘tkazib yuborgan Nedved boshqa bu turnir g‘olibligini qo‘lga kiritishga yaqinlasha olmadi. Sababi, 2006-yildagi shov-shuvli voqealardan so‘ng «B seriya»ga tushib ketgan klubni tark etmagan qahramonimiz o‘z kariyerasini aynan shu klubda yakunlashga qaror qiladi. 2009-yilda butsalarini mixga ilgan Nedvedga 2010-yilda shaxsan Jozening o‘zi qo‘ng‘iroq qiladi va «Inter»ga taklif etadi. Eng qizig‘i shundaki, Joze YECHL g‘olibligi va asosiy tarkibdan joy va’da qilishiga qaramasdan, Nedved o‘z klubiga sodiq ekanligini aytib rad javobini beradi.

Hozirda nimalar bilan band?

Pavel endilikda Golf bilan professional tarzda shug‘ullanmoqda. U do‘sti Andreya Anyeli bilan birgalikda tez-tez «Yuve» mashg‘ulotlariga borib futbolchilar bilan vaqt o‘tkazishni xush ko‘radi. Klub tizimida ishlashni boshlagan qahramonimiz endilikda «Yuventus»ning vitsa prezidenti lavozimida ish yuritmoqda.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:01, 25.04.2019.
O'qildi: 10155 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.