Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

La liga. «Real» ochko yo‘qotdi, «Xetafe» YECHLda qatnashadimi? (video)

La liga. «Real» ochko yo‘qotdi, «Xetafe» YECHLda qatnashadimi? (video)

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 34-turiga yakun yasaldi. Ushbu turdan so‘ng ba’zi e’tiborga molik voqealar kuzatildi.

Madridning "Real" klubi ushbu mavsumda haddan tashqari ko‘p ochko yo‘qotgani bois, amalda chempionlikni qo‘ldan boy bergani ancha avval ma’lum bo‘lib qolgandi. Ushbu turdan keyin esa Zidan jamoasining chempion bo‘lmasligi to‘la-to‘kis aniq bo‘ldi.

Yevropa chempionlar ligasi uchun kurash olib borayotgan "Xetafe" o‘z maydonida "Real" bilan durang o‘ynashga muvaffaq bo‘ldi. Jamoalar o‘yinni faol o‘tkazishdi. Ayniqsa, birinchi bo‘limda "Qirollik klubi" 4-5ta vaziyat yaratib, ulardan foydalana olmadi. O‘tgan turda "xet-trik" qayd etgan Benzema, bu safar 3ta vaziyatni golga aylantira olmadi. Xususan, Karim ikki marta darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib, darvozabonni dog‘da qoldira olmadi.

Shu tariqa, "Real" g‘alabaga mos o‘yin ko‘rsatib, safardan bor-yo‘g‘i 1 ochko bilan qaytdi. Endi "qaymoqranglilar" 2-o‘rindagi "Atletiko"dan 6 ochko ortda qolishmoqda.

«Xetafe» esa ochkolar (55) bo‘yicha «Sevilya» bilan tenglashib oldi. Biroq o‘zaro o‘yinlar madridliklar 4-o‘rinni egallab turishibdi.

Ispaniya La ligasi, 34-tur
Real Sosyedad – Vilyarreal 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 85 Moreno.
Real Sosyedad – Ruli, Saldua, Elustondo, Navas (Le Norman, 77), Munyos (Teo, 74), Sangali, Merino, Oyarsabal, Pardo (Barrenechea, 72), Xuanmi, Villian Joze.
Vilyarreal – Fernandes, Mario Gaspar, Alvaro Gonsales, Funes Mori, Kintilya, Chukvueze (Kaseres, 82), Iborra, Kasorla, Toko-Ekambi (Pedrasa, 72), Fornals, Bakka (Moreno, 46).
Ogohlantirishlar: Navas (24), Funes Mori (42), Toko-Ekambi (68), Iborra (78), Oyarsabal (79).

Xetafe – Real Madrid 0:0 (0:0, 0:0)
Xetafe – Soriya, Suares, Bruno Gonsales, Mikel, Kabrera, Mata (Says, 84), Arambarri, Maksimovich, Olivera (Anxel, 57), Molina, Duro (Portilyo, 72).
Real Madrid – Navas, Karvaxal, Varan, Nacho, Regilon, Valverde (Kroos, 78), Kazemiro, Isko, Braim Dias (Vaskes, 71), Benzema, Beyl (Asensio, 71).
Ogohlantirishlar: Isko (30), Suares (38), Valverde (63), Nacho (82).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 05:37, 26.04.2019.
O'qildi: 9346 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик