Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli - Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi - Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest - Everton
31/12 00:30 Vest Xem - Brayton
31/12 01:15 Arsenal - Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted - Vulverhempton

Yengil atletikachilarimiz Toshkentga qaytib kelishdi

Yengil atletikachilarimiz Toshkentga qaytib kelishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

21-24 aprel kunlari Qatar poytaxtida yengil atletika bo‘yicha navbatdagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Qit’amizning eng kuchli atletlari qatori terma jamaomiz vakillari ham musobaqa g‘olibligi uchun bahs olib borishdi.

4 kun davom etgan bahslarda hamyurtlarimiz 3 ta oltin va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, yakunda umumjamoa hisobida kuchli beshlikdan joy olishgani haqida xabar bergan edik. Bugun erta tongda mazkur musobaqada ishtirok etgan vakillarimiz Toshkentga qaytib kelishdi. Ularni kutib olish marosimida O‘zbekiston MOQ mutasaddilari, atletlarimizning yaqinlari va keng sport jamoatchiligi ishtirok etishdi.

Ta’kidlash joiz, ushbu musobaqa vakillarimiz uchun Tokio Olimpiadasiga o‘ziga xos tayyorgarlik bosqichi vazifasini o‘tab berdi. Quyida shohsupaga ko‘tarilgan atletlarimizni eslatib o‘tamiz:

Oltin medal egalari:
Ruslan Qurbonov – uch hatlab sakrash
Nadiya Dusanova – balandlikka sakrash
Yekaterina Voronina – yetti kurash
Bronza medali egalari:
Svetlana Radzivil – balandlikka sakrash
Suhrob Xo‘jayev – bosqon uloqtirish.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 09:09, 26.04.2019.
O'qildi: 1813 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.