Xitoyning Ninbo shahrida og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati bellashuvlari davom etmoqda.
Bugun ham musobaqada ishtirok etgan sportchilar O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga navbatdagi medallarni taqdim qildi.
-109 kilogramm vazn toifasida bahs olib borgan Akbar Jo‘rayev dast va siltab ko‘tarish, shuningdek, ikki kurash bo‘yicha 3 ta kumush medalga egalik qildi. E’tiborli jihati, siltab ko‘tarish mashqi bo‘yicha 3 ishtirokchi bir xil 225 kilogram natija qayd etishgan edi, biroq urinishlar bo‘yicha u yakunda yana kumush medal bilan taqdirlandi.
Batafsil:
Og‘ir atletika bo‘yicha OCH. Xitoy
Erkaklar, -109 kg:
1.CHje Yan (Xitoy) – 417 kg (192 kg + 225 kg)
2. Akbar Jo‘rayev (O‘zbekiston) – 410 kg (185 kg + 225 kg)
3. Ali Hoshimiy (Eron) – 406 kg (180 kg + 25 kg).













