Kecha Superliga 6-turi doirasi bir qator o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. Jumladan, Bekobodda "Metallurg" jamoasi "Qo‘qon-1912" klubiga qarshi bahs olib bordi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Mazkur o‘yinning 56-daqiqasida uchrashuvni boshqarib borgan hakam Ahrol Risqullayev "Qo‘qon-1912" darvozasiga penalti belgilagandi. O‘FA Hakamlar va nazoratchilar departamenti mutaxassislari bu vaziyatni o‘rganib chiqqach, bosh hakam Ahrol Risqullayev penalti belgilangan vaziyatda o‘yin natijasiga ta’sir ko‘rsatuvchi qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ygan deb topdi. Natijada Ahrol Risqullayev Superliga o‘yinlarini boshqarishdan chetlatildi.
Bundan tashqari, Pro liga "B" guruhida 4-tur uchrashuvlari doirasidagi "Turon" - "Chig‘atoy" o‘yinini boshqargan hakam Akmal Rahimov ham uchrashuv natijasiga ta’sir etuvchi qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ygani sababli uchrashuvlarni boshqarishdan chetlatildi.
«Manchester Siti» Xoland bo‘yicha qaror qabul qildi [3851]
"Barselona"da Rafinyadan faqat 1 futbolchi ko‘proq maosh oladi [3002]
Tezkor! Rafinya jarohat oldi [2897]
Laporta «Barselona»da Flikka o‘rinbosar tanladi [2482]
«Oltin to‘p» uchun ovoz berish tarixdagi eng qiyin tanlovlardan biri bo‘ldi [2439]
O‘zil barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisini tanladi [2432]
Anchelotti Rafinya bo‘yicha "Barselona" muxlislarini tinchlantirdi [1964]
O‘rtoqlik uchrashuvi. Rossiya Eronni ishonchli hisobda taslim qildi [1885]













