Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

Audi Cup-2019da ishtirok etadigan jamoalar aniq bo‘ldi

Audi Cup-2019da ishtirok etadigan jamoalar aniq bo‘ldi

Baho:
+ | -

Yozgi mavsumlar oralig‘ida Audi Cup musobaqasi yubiley — 10-marta o‘tkaziladi. Ushbu musobaqa ilk marta 2009 yilda Audi konsernining 100 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgandi.

Navbatdagi turnir Myunxendagi «Alyans-Arena» stadionida o‘tkaziladi. «Bavariya»dan tashqari, unda Madridning «Real», Londonning «Tottenxem» va Istanbulning «Fenerbaxche» jamoalari ishtirok etishadi. Bu haqda myunxenliklar rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Ikkita yarim final o‘yinlari 30 iyul, seshanba kuni o‘tkaziladi. Dastlab maydonga «Real Madrid» va «Tottenxem» klublari chiqishadi. Shundan so‘ng «Bavariya» va «Fenerbaxche» final yo‘llanmasi uchun kurash olib borishadi. Mag‘lub bo‘lgan jamoalar 31 iyul kuni 3-o‘rin uchun bahs olib borishadi. Yarim finalda g‘olib chiqqan jamoalar o‘sha kuni finalda to‘qnash kelishadi. O‘yinlarda durang qayd etilsa, jamoalar darhol penaltilar seriyasida ishtirok etishadi.

O‘tgan yili ikki kun davomida stadionga 123000 muxlis tashrif buyurishgandi. Audi Cup-2019 musobaqasining bir kunlik chiptasi narxi 25 yevrodan boshlanadi.

Manba: footballhd.ru
Kiritildi: 08:47, 30.04.2019.
O'qildi: 8284 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.