Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya 0-1 Parma
08/02 18:00 Alaves 0-2 Xetafe
08/02 19:00 Lechche 2-1 Udineze
08/02 19:00 Brayton 0-1 Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya 1-1 Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao 4-2 Levante
08/02 21:30 Liverpul 1-2 Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo 0-5 Inter
08/02 22:30 Atletiko 0-1 Betis
09/02 00:45 Yuventus 2-2 Lasio
09/02 01:00 Valensiya 0-2 Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese
10/02 00:45 Roma - Kalyari
10/02 01:00 Vilyarreal - Espanyol

O‘zbekiston Liga kubogida g‘oliblik uchun 16 jamoa kurash olib boradi

O‘zbekiston Liga kubogida g‘oliblik uchun 16 jamoa kurash olib boradi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

2019 yilgi mavsumdan boshlab O‘zPFL lisenziyalash talablariga javob beruvchi futbol klublari o‘rtasida O‘zbekiston Liga kubogi musobaqasini tashkil etadi. Taqvimda mazkur musobaqa o‘yinlari uchun alohida kunlar belgilangan.

Musobaqada Superliganing 14 ta, shuningdek, A Pro-liganing “Mash’al” hamda “Sho‘rtan” klublari ishtirok etadi. 2020 yildan boshlab O‘zbekiston kubogi musobaqasida ishtirokchilar soni aynan lisenziyalash talablaridan kelib chiqib belgilanadi, Liga kubogida esa O‘zPFL tasarrufidagi musobaqalarda ishtirok etayotgan barcha futbol klublari o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Zero, O‘zbekiston kubogida g‘olib chiqqan jamoada Osiyo Chempionlar ligasi yo‘llanmasini yutib olish imkoniyati mavjud. Shunday ekan, lisenziyalash talablariga javob bera olmaydigan klublarning mazkur musobaqada ishtirok etishiga kelasi mavsumdan boshlab yo‘l qo‘yilmaydi.

Liga kubogining 16 jamoasi 4 ta guruhga ajratiladi. Jamoalar guruh bosqichida 3 tadan uchrashuvda ishtirok etadi. Bellashuvlarning qaysi maydonlarda o‘tishini qur’a jarayoni aniqlab beradi. Har bir guruhda dastlabki ikki o‘rinni egallagan jamoalar chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Keyin yarim final va eng so‘ngida final o‘yini. Guruh bosqichi 31 may sanasida start oladi. 

O‘zbekiston kubogida bo‘lgani kabi, Liga kubogi uchun qur’a marosimi ham jonli namoyish etiladi. Qur’a marosimi qachon tashkil etilishi tez orada ma’lum qilinadi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 15:05, 01.05.2019.
O'qildi: 1813 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.