Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

O‘zbekiston yoshlar termasi Andijon va Namanganda Berlin U-18 bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

O‘zbekiston yoshlar termasi Andijon va Namanganda Berlin U-18 bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo chempionati saralashiga tayyorgarlik olib borayotgani haqida xabar berib o‘tgandik. Terma jamoamizning raqiblari 9 may kuni bo‘lib o‘tadigan qur’a tashlash marosimida aniq bo‘ladi.
 
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi muhim musobaqaga yetarlicha tayyorgarlik ko‘rishi uchun O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan barcha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, shu yilning 20 may kuni Germaniyaning Berlin U-18 jamoasi O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Otabek G‘ulomxo‘jayev boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi vodiyda Berlin U-18 jamoasi bilan ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.
 
21 may kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuv Andijonda, 23 may kunidagi o‘yin esa Namanganda o‘tkaziladi. Mazkur o‘yinlar orqali Otabek G‘ulomxo‘jayev terma jamoaga nomzod futbolchilarni sinovdan o‘tkazib, turli o‘yin uslublarini amalda qo‘llab ko‘rishi rejalashtirilgan. Shu bilan birga bu uchrashuvlar vodiydagi futbol muxlislari uchun ajoyib futbol bayrami sifatida o‘tishi ham aniq.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 14:21, 02.05.2019.
O'qildi: 2293 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик