Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/05 19:00 Bunyodkor 3-2 Lokomotiv
23/05 23:45 Kalyari - Fiorentina

«Qo‘qon-1912»ning 200 ta mag‘lubiyati

«Qo‘qon-1912»ning 200 ta mag‘lubiyati

Baho:
+ | -

2019 yil 27 aprel (6-tur doirasida) Bekobod shahrida «Metallurg» mehmoni bo‘lgan «Qo‘qon-1912» 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Bu Qo‘qon klubi uchun O‘zbekiston milliy chempionatlaridagi 200-mag‘lubiyat bo‘ldi. Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, mazkur jamoa 1992-2001 yillarda «Temiryo‘lchi» nomi bilan atalgan. Hozirgi nomini esa 2002 yilda olgan.

«Qo‘qon-1912» o‘zining 100-mag‘lubiyatini bundan 20 yil muqaddam «So‘g‘diyona»ga qarshi bahsda (0:3) qayd etgandi. Mazkur jamoa mag‘lubiyatli o‘yinlar soni bo‘yicha oliy ligamizda 11-o‘rinda turadi. Undan keyingi pog‘onalarda «Nasaf» (167ta) va AGMK (142ta) borishmoqda. Qo‘qonliklar shu mavsumning o‘zida 150-g‘alabalarini qayd etishlari, 550-golni urishlari va 750-gollarini o‘tkazib yuborishlari aniq.

Ayni payt turnir jadvalining 13-pog‘onasida borayotgan «Qo‘qon-1912» Coca Cola Superliga joriy mavsumida 3 marta yutqazdi. Umuman olganda, ushbu jamoa oliy liga|Superligada 408ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa, 146ta g‘alaba, 62 durang, 200 mag‘lubiyat qayd etgan. To‘plar nisbati: 542-743. Ushbu klubning mag‘lubiyatlari jami o‘yin­larga nisbatan 49,02 foizni tashkil etadi.

Ilk mag‘lubiyat: 1992 yil 26 aprel, 6-tur. «Navbahor» - «Temiryo‘lchi» - 2:0.

100-mag‘lubiyat: 2002 yil 23 mart, 8-tur. «Buxoro» - «Qo‘qon-1912» - 2:0.

200-mag‘lubiyat: 2019 yil 27 aprel, 6-tur. «Metallurg» - «Qo‘qon-1912» - 3:1.

Eng yaxshi mavsum: 1994 yil, 5-o‘rin (16 g‘alaba, 4 durang, 10 mag‘lubiyat).

Eng yomon mavsum: 2000 yil, 20-o‘rin (8 g‘alaba, 5 durang, 25 mag‘lubiyat).

Eng yirik mag‘lubiyatlar: 2000 yil 26 avgust, «Paxtakor» - «Temiryo‘lchi» - 7:1; 2019 yil 7 aprel, AGMK - «Qo‘qon-1912» - 7:1.

Fakt o‘rnida. Ushbu jamoa ketma-ket 11 mavsum «Neftchi» (1992-1995, 1998-2000, 2002, 2003, 2015, 2016 yillar, 17ta o‘yin), «Navbahor» (1992-1995, 1998-2000, 2002, 2003, 2015, 2016 yillar, 15ta o‘yin) jamoalariga yutqazgan. Bu «Qo‘qon-1912»ning bir raqib bilan o‘zaro davom etgan eng uzun mag‘lubiyatli seriyalaridir. 2019 yilni ham qo‘shib hisoblaganda, so‘nggi 6 mavsumda Bekobodning «Metallurg» klubiga uzluksiz yutqazmoqda.

Futbolimiz vatani bo‘lmish Qo‘qon shahrining bu jamoasi oliy liga|Superligada 14 mavsumda jami 29 klubga mag‘lub bo‘lgan.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 15:26, 02.05.2019.
O'qildi: 2098 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.