O‘zPFL “Saratondan soyabon” aksiyasini boshladi deb xabar beradi, Diyor Imomxo‘jayev o‘zining rasmiy telegram sahifasida.
Mazkur aksiyani Coca Cola kompaniyasi ham qo‘llab-quvvatlaydi. Superliganing 9-10 turlarida bu aksiya davom ettiriladi.
Hayotining eng shirin damlarini saratonga qarshi kurashish bilan o‘tkazayotgan bolalarni qo‘llab-quvvatlashda siz ham ishtirok etishingiz mumkin.













