Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli - Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi - Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest - Everton
31/12 00:30 Vest Xem - Brayton
31/12 01:15 Arsenal - Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted - Vulverhempton

Aprel oyining eng yaxshi futbolchisiga ovoz berish jarayoni boshlandi

Aprel oyining eng yaxshi futbolchisiga ovoz berish jarayoni boshlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Professional futbol ligasi 2018 yilgi mavsumning har oyidan keyin to‘rt yo‘nalish bo‘yicha eng yaxshilarni aniqlab keldi: eng yaxshi murabbiy, eng yaxshi futbolchi, eng yaxshi darvozabon va eng chiroyli gol. Tashkil etilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra eng ko‘p ovoz to‘play olgan nomzodlar tashkilotning eng yaxshilar uchun atalgan statuetkalarini qabul qilib olishdi.

2019 yilgi mavsumda ham mazkur an’anani davom ettiramiz. Joriy yildan e’tiboran Tribuna.uz  nashri oy laureatlarini aniqlashda axborot hamkori sifatida ishtirok etadi. Artel savdo belgisi esa oyning eng yaxshilariga o‘z smartfonlarini taqdim etadi.

Eng yaxshilarni aniqlash shartlari o‘zgarmaydi. Superliganing 14 klubi bosh murabbiylari hamda sardorlari ko‘rsatilgan nomzodlarni uchtalikka joylashtirib chiqadi. Dastlabki o‘rinda ko‘rsatilgan nomzod 3, mos ravishda keyingi ikki o‘rindagilar 2 va 1 ochkolik bo‘ladi. Shuningdek, Tribuna.uz   nashri futbol muxlislari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazadi. Bunda muxlislar ovozi katta ahamiyatga ega bo‘lib, birinchi o‘rinni egallagan nomzod 6, mos ravishda keyingilar 4 va 2 ochkodan qo‘lga kiritadi. Yakunda eng ko‘p ball to‘plaganlar oyning eng yaxshilari sifatida e’tirof etiladi.

Ortda qolgan aprel oyida Superligada 4 ta tur uchrashuvlari o‘tkazildi. 

Mazkur o‘yinlarda bir qator futbolchilar mazmunli o‘yin namoyish etib, muxlis-u mutaxassislar olqishiga sazovor bo‘lishdi.

Quyida aprel oyi yakunlariga ko‘ra, eng yaxshi bo‘lish uchun da’vogarlar ro‘yxatini taqdim etamiz. Siz o‘z nomzodingizga Tribuna.uz saytida ovoz berish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

 

 

Aprel oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar:

 

Nomzod

Klub

Erishdi

Zafar Polvonov

AGMK

3 o‘yin – 6 gol

Temurxo‘ja Abduxoliqov

Lokomotiv

4 o‘yin – 4 gol

Aleksandr Kasyan

Navbahor

4 o‘yin – 4 gol

Xurshid G‘iyosov

Bunyodkor

4 o‘yin –  4 gol

Doston Ibragimov

Buxoro

4 o‘yin – 3 gol – 1 assist

Manba: PFL
Kiritildi: 00:55, 06.05.2019.
O'qildi: 8218 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.