Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/09 00:00 Selta 0-1 Atletiko
27/09 17:00 Qizilqum 1-0 Metallurg
27/09 17:30 Tailand 2-5 Fransiya
27/09 19:15 OKMK 1-0 Lokomotiv
27/09 23:45 Milan 3-0 Lechche
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl - Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe - Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor - Nasaf
28/09 18:00 Udineze - Inter
28/09 19:00 Arsenal - Lester
28/09 19:00 Brentford - Vest Xem
28/09 19:00 Everton - Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
28/09 19:00 Chelsi - Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano - Leganes
28/09 21:00 Jenoa - Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad - Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton - Liverpul
28/09 23:45 Bolonya - Atalanta
29/09 00:00 Osasuna - Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid

Keling, rekordni bosamiz yoki transfer bozorining 5 «akulasi» haqida

Keling, rekordni bosamiz yoki transfer bozorining 5 «akulasi» haqida

Baho:
+ | -1

«Pari Sen-Jermen» 2017 yili Neymar uchun «Barselona»ga 222 million yevro to‘lash asnosida futbol tarixida transferlar rekordini yangilagan 25-klubga aylandi.

Boshqacha aytganda, shu kunga qadar naq 25 jamoa turli vaqtlarda eng yirik kelishuvni amalga oshirgan. Tushunarliki, 26-rekordchi qachon va qayerda bo‘y cho‘zishi mavqum. FootballHD sayti ijodkorlari esa navbatdagi yoz bozori tobora yaqinlashayotganini e’tiborga olib, futbol biznesi evolyusiyasiga nazar solib, transferlar rekordini eng ko‘p yangilagan 5ta jamoani ajratib ko‘rsatdi. Umuman olganda, butun tarix miqyosida olsak, «PSJ» transferlar bozoridagi eng faol klublar qatorida emas. Bu o‘z-o‘zidan tushunarli: Parij jamoasining iqtisodiy saloqiyati 2011 yildan keyin kuchaya boshladi. Ya’ni Qatar Sports Investments guruqi «PSJ»ning 70 foiz aksiyasini sotib olgach, nomdor futbolchilar xaridiga yo‘l ochildi. Biroq Parij grandining transferlar bobida loaqal ikki karra rekordchi bo‘lishi qam qiyin masala (axir buning uchun yana kimgadir 222 million yevrodan ko‘proq to‘lashi kerak). Futbol tarixida esa xaridlar bo‘yicha rekordchilar bisyor. Deylik, transferlar bozorining eng yuqori ko‘rsatkichini 4-5 martalab yangilagan klublar qam bor.

«SANDERLEND» (Angliya) - 4 karra rekordchi

Yo‘q, qayron bo‘lmang, transferlar rekordini 4 marta yangilagan klublar qatorida kamtarin «Sanderlend» qam bor. Qolaversa, APL sarqadlaridan chiqib ketgan ushbu jamoa elit ro‘yxatga tushgan Angliyaning yagona vakilidir. To‘g‘ri, «qora mushuklar»ning barcha rekordlari o‘tgan asrning 50-yillari birinchi yarmida kuzatilgan.

1-rekord. «Sanderlend» 1904 yili «Sheffild Yunayted» qujumchisi Alfa Kommonni o‘z safiga qaytarish yo‘lida 520 funt sarflagandi. To‘g‘ri, «Sanderlend» rekordi o‘sha yiliyoq «Nyukasl» tomonidan yangilangan. E’tiborlisi, «qarg‘alar» aynan «qora mushuklar» safidagi shotlandiyalik qimoyachi Endi Makkombi transferi uchun 700 funt to‘lashgandi.

2-rekord. «Sanderlend» ilk yirik xarididan 18 yil o‘tib, «Saut Shilds»dan Angliya terma jamoasi a’zosi Uorn Kressuellni sotib oladi. Summa - 5,5 ming funt. Xullas, «qora mushuklar» shu tariqa 1922 yili ikki karra rekordchi maqomini olishgan.

3-rekord. 1925 yil: «Sanderlend» bu safar o‘zi o‘rnatgan rekordni «yiqitadi». O‘sish darajasi katta emas, lekin eng yuqori ko‘rsatkich, baribir. Xullas, «Bernli» qujumchisi Bob Kelli «Sanderlend»ning 6,5 ming funt berishi ortidan naq 28 yil muddatga jaqonning eng qimmatbaqo futbolchisi sifatida yuradi.

4-rekord. Klub oradagi katta tanaffusdan keyin 1950 yili transferlar bozorida o‘zini yana bir bora eslatib qo‘ydi. «Qora mushuklar» raqbariyati «Aston Villa»da samarali to‘p surgan uelslik qujumchi Trevor Fordni 30 ming funtga sotib olib, «Preston»ni transferlar «taxti»dan tushirib yuborgandi.

 

«YUVENTUS» (Italiya) - 4 karra rekordchi

Milliy chempionatdagi g‘alabalar soni bo‘yicha rekordchi sanalgan Italiya grandining ushbu ro‘yxatga kirgani qech kimni ortiqcha ajablantirmaydi, albatta. Binobarin, «Yuventus» qamisha transferlar bozorining ilg‘or ishtirokchilari qatorida gavdalangan. Turinliklar shuning barobarida savdoda 4 bora «portlash» effektini yuzaga keltirishgan.

1-rekord. «Yuve»ning transferlarga bog‘liq birinchi rekordi 1957 yilga to‘g‘ri keladi. O‘shanda «River Pleyt» vakili Enrike Omar Sivori 93 ming funt evaziga Turinga yo‘l olgandi. Aytish joiz, argentinalik buyuk qujumchi bu xarajatni ortig‘i bilan oqlagan. U Italiya birinchiligining o‘zida «Yuve» safida 215 marta maydonga tushib, 135ta gol urgan, shuningdek, 3 karra chempion bo‘lgan.

2-rekord. «Keksa sinyora» oradan 11 yil o‘tib, ikkinchi bora eng yirik xaridga qo‘l uradi. Xullas, 1968 yili «Vareze» qujumchisi Pyetro Anastazi transferi uchun 500 ming funt to‘langan. Bu futbolchi qam «Yuve»da binoyidek statistikaga erishadi: 8 yil davomida «A» seriyaning 205ta o‘yinida ishtirok etib, 78ta golga mualliflik qiladi.

3-rekord. Turinliklar bozorda navbatdagi rekordni o‘rnatishda ancha sabr qilishdi - 22 yil. 1990 yil: «Yuve» vakillari «Fiorentina»da bosh rolga chiqqan qujumchi Roberto Badjoga shu qadar maqliyo bo‘lishadiki, uning transferi uchun 8 million funt to‘lashdan tiyilishmaydi. «Seqrli dumcha» esa oq-qora futbolkada 5 mavsum o‘ynab, Italiya chempionati doirasidagi 141ta uchrashuvda 78ta gol uradi va 1 bora skudetto yutadi.

4-rekord. «Yuventus» tamg‘asi ostida qayd etilgan oxirgi rekord 1992 yili kuzatildi. O‘shanda «keksa sinyora» «Sampdoriya»dan Janluka Viallini 12 million funtga sotib olgandi. Italiyalik futbolchi shuncha mablag‘ evaziga «A» seriyada 102ta o‘yin o‘tkazib, 38ta gol urdi va tumanli o‘lkaga yuzlanib, «Chelsi» safiga qo‘shildi.

 

«MILAN» (Italiya) - 4 karra rekordchi

«Rossonerlar» Turin klubining doimiy raqibi sifatida gavdalanishganini futbol bozori misolida qam ko‘rish mumkin. Deylik, «Milan» qam transferlar rekordini 4 marta yangilagan. To‘g‘ri, «qizil-qora» muqr bosilgan oxirgi rekord kuzatilganiga chorak asrdan ko‘p vaqt o‘tdi.

1-rekord. «Milan» futbol bozoridagi ilk rekord xaridni 1954 yili amalga oshiradi. O‘shanda urugvaylik Pepe Skyaffino «Penyarol»dan 72 ming funtga sotib olingandi. Jabuniy Amerika futboli vakili keyingi 6 yil davomida «rossonerlar» safida chempionat doirasida 149 marta maydonga tushib, 47ta gol uradi.

 2-rekord. «Milan» raqbariyati ilk rekorddan naq 33 yil o‘tib, bozorda yuqori baqoni yana bir bora ko‘tarib qo‘yadi. Ya’ni klub boshqaruviga kelgan Silvio Berlusko 1987 yili PSVga Ruud Gullit transferi uchun 6 million funt to‘lashdan bosh tortmaydi. Natijada gollandiyalik futbolchi «Milan» tarixida yorqin iz qoldiradi. U jamoaning naq 12ta nufuzli sovrin yutishiga katta qissa qo‘shadi: 3ta skudetto, 3ta Italiya superkubogi, 2ta Chempionlar kubogi, 2ta Yevropa superkubogi va 2ta Qit’alararo kubok.

3-rekord. 1992 yilga kelib, «Milan» endi aynan «Yuventus»ga tegishli rekordni bosadi. Jamoa bu safar qoyilmaqom Jan-Pyer Papenni o‘z safida ko‘rish yo‘lida 10 million funtdan voz kechadi. Biroq fransiyalik qujumchi Italiyada «Marsel»dagi kabi maqsuldor o‘ynolmaydi va atigi 2 mavsumdan keyin Milan jamoasi bilan xayrlashadi.

4-rekord. Eng qizig‘i, 1992 yiliyoq «Yuventus» Janluka Vialli xaridi bilan yana rekordchi bo‘lib oladi. Lekin yakunda oxirgi so‘zni «Milan» aytadi: «Torino»ning qujumkor yarim qimoyachisi Janluiji Lentini transferiga 13 million funt sarflanadi. Yana bir omadsiz xarid, qar qolda, Lentini 4 mavsum davomida «A» seriyaning atigi 60ta o‘yinida qatnashib, 13tagina gol uradi, xolos.

 

«INTER» (Italiya) - 4 karra rekordchi

«Neradzurralar» raqbariyati xuddi «Yuventus» va «Milan»niki kabi transferlar bozorida ayniqsa, o‘tgan asrning 90-yillari faollik ko‘rsatgan. Umuman, o‘sha vaqt Italiya futboli saviyasi juda yuqori edi.

1-rekord. To‘g‘ri, «Inter»ning birinchi rekord kelishuvi uzoq 1961 yili qayd etilgan. Milanliklar o‘shanda 152 ming funt to‘lab, «A» seriyasini «Barselona»da «me’mor» laqabini olgan yarim qimoyachi Luis Suares Miramontes qisobiga boyitishgandi. Diqqatga tortadigan tomoni, bundan avvalgi rekord transferning summasi 59 ming funtni tashkil qilgandi. Demakki, «Inter» yuqori ko‘rsatkichni birdaniga 2,5 baravardan qam ko‘proq ko‘paytirgan.

2-rekord. 1967 yil transferlar rekordi roppa-rosa 300 ming funtga yetadi. «Bolonya»ning daniyalik qujumchisi Xarald Nilsen shu summa evaziga «Inter» libosini kiygandi. Biroq u «neradzurralar» safida o‘zini ko‘rsatolmaydi. Xaraldga jaroqatlar va ortiqcha vazn muammosi xalaqit bergandi.

3-rekord. 1997 yilga kelib, «Inter» yana bir shov-shuvli xarid bilan omma e’tiborini o‘ziga qaratadi. Kelishuv summasi - 19,5 million funt, sotuvchi klub - «Barselona», transfer sababchisi - braziliyalik qujumchi Ronaldo. Afsuski, buyuk «so‘yloq» qam  «Juzeppe Meassa»da bor iqtidorini to‘liq namoyish qilolmaydi.

4-rekord. «Inter» oxirgi marta jaqon miqyosida transferlar rekordini 1999 yili yangiladi. Yana taniqli qujumchi - Kristian Vyeri. «Lasio» italiyalik bu futbolchi uchun 32,1 million funt olgandi. «Bobo» esa «neradzurralar» qujumidagi eng xavfli futbolchilardan biriga aylandi - chempionatning o‘zida 144ta o‘yin va 103ta gol.

 

«REAL» (Ispaniya) - 5 karra rekordchi

Shunday tasavvur borki, Madrid klubi qamisha qimmatbaqo xaridlarga oshufta bo‘lgan. Qa, shunday, ammo uning 5ta rekord kelishuvi qam yangi asrga to‘g‘ri keladi. Qammasi «Real» prezidenti lavozimiga Florentino Peres kelishi bilan boshlandi.

1-rekord. Janjalli transfer -Luish Figu 2000 yili «Barselona»dan Madrid tomon oshiqadi va «Qirollik klubi» 37 million funt to‘laydi. Butun futbol olami portugaliyalik yulduzning ushbu yurishidan qayratga tushadi, kataloniyalik muxlislar esa uni mutlaq sotqinga chiqarishadi, qattoki, «Kamp Nou»ga tashrif buyurganida maydonga to‘ng‘iz boshini tashlashadi.

2-rekord. 2001 yil. «Real» o‘z rekordini yangilashni boshlaydi. «Yuventus»ning fransiyalik yarim qimoyachisi Zayniddin Zidan transferi uchun 46,6 million funt to‘langandi. Shu tariqa buyuk Zizu naq 8 yil davomida jaqonning eng qimmatbaqo futbolchisi maqomida yurdi.

3-rekord. 2009 yili braziliyalik qujumkor xavbek - Kaka «Milan»dan 56 million funtga sotib olindi. Biroq «Oltin bola»ning «Santyago Bernabeu»dagi faoliyati umuman o‘xshamadi. U 4 yil oralig‘ida Primero doirasidagi atigi 85ta o‘yinda qatnashib, 23ta gol urdi va yakunda ijara kelishuvi asosida «Milan»ga qaytdi.

4-rekord. «Real» o‘sha damlar bozorda to‘xtashni xayoliga qam keltirmagandi. Deylik, 2009 yilning o‘zida transferlar rekordini yana bir bora yangilab qo‘ydi. Ya’ni jamoa «MYU»ga Krishtianu Ronaldu uchun 80 million funt to‘lab, o‘z tarixidagi eng omadli yurishlardan birini amalga oshirdi. Portugaliyalik yulduzning «Qirollik klubi»ga qanchalik ko‘p naf keltirgani qammaga ma’lum.

5-rekord. «Real» 2013 yilgi xaridi bilan bu borada qam mutlaq yetakchiga aylanib oldi. Florentino Peres bundan 6 yil muqaddam «Tottenxem»ning uelslik yulduzi Garet Beyl transferini rasmiylashtirish uchun 85 million funt ajratdi. Natijada «Real» transferlar bozorining 5 karra rekordchisi maqomini oldi.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 01:56, 06.05.2019.
O'qildi: 14436 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.