Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

O‘yinni ayol boshqarganda

O‘yinni ayol boshqarganda

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

35 yoshli Stefani Frappar «Amyen» - «Strasbur» bahsida bosh hakam vazifasini o‘tadi.

Fransiya oliy divizionida bunday voqea birinchi marta kuzatilmoqda, avvalroq Nelli Vyenno assistent vazifasini bajargandi. Aynan u Chempionlar Ligasi o‘yinida ishlagan dastlabki ayol hakam bo‘lgandi. Frappar ham Vyennoning izidan bordi, farqi - bosh hakam bo‘lishni ma’qul ko‘rdi.

Stefanining faoliyati hozircha u qadar yorqin emas, ammo shu davr ichida esda qolarli natijalarga erishdi. 2014 yili Frappar Liga 2da birinchi raqamli ayol hakam bo‘ldi. Umumiy hisobda karyerasi davomida erkaklar va ayollar professional futbolida 139ta o‘yinni bosh­qargan. Frappar Fransiya kubogida oltita, Liga kubogida bitta uchrashuvda ishlagan.

Ayollar orasida Stefani eng malakali hakamlardan biri hisoblanadi. U JCH-2015, Rio Olimpiadasi hamda YECH-2017 bahslarini boshqargan. Bundan tashqari, Stefani qadrdon yurti Fransiyada o‘tadigan JCH-2019 hakamlari ro‘yxatiga ham kiritildi. Aynan shu turnirga tayyorgarlik doirasida Frapparni Liga 1 o‘yiniga qo‘yishdi. Fransiyadagilar bunday tajriba uning foydasiga ishlashiga ishonishmoqda.

Frappar haqida juda ko‘p iliq fikrlar bildirish mumkin. Uni hurmat qilishadi, qarorlar chiqarishda talabchan va ehtiyotkor deyishadi. Ammo negativ fikrlar ham uchrab turadi. Murabbiylardan biri Devid Le Frapper «Valansen»da faoliyat yuritgan kezlari Stefanining ishiga salbiy baho bergandi: «Ayollar sport sohasida ishlashda qiynalishadi». «Valansyen» uchun o‘ta muhim hisoblangan uchrashuvda Frappar yaqqol qoidabuzarlikni nazardan chetda qoldirib, jarima zarbasi belgilamagandi.

Frappar futbol bahslarini shunchaki boshqaribgina qolmay, hakamlikka boshqa ayollarni ham jalb etishga harakat qiladi. Bu borada u o‘zini Fransiyadagi ayollar hakamligi asoschisi sifatida ko‘radi. Ko‘plab yoshlar hozirning o‘zida Stefanidan o‘rnak olishmoqda. 24 yoshli Klemans Gonsalves shular jumlasidan.

Frapparning hakamlikdagi eng yuksak cho‘qqisi 20 yoshgacha bo‘lgan ayollar o‘rtasidagi JCH-2018ga to‘g‘ri kelgan. Mazkur turnir davomida undan yoshlar va kattalar ishtirokidagi futbol bahslarini o‘zaro taqqoslashini so‘rashgandi. Stefani shunday javob bergandi: «Eng katta farq - tezlik. Ammo ko‘nikmalar va taktika bo‘yicha 20 yoshlilar sezilarli o‘sishga erishishgan. Albatta, o‘yin sekin, ammo oddiyroq».

Frappar hech qachon erkaklar o‘rtasidagi o‘yinlarda hakamlik bo‘yicha muammo ko‘rmaganini ta’kidlaydi: «Erkaklar futbolida jismoniy faollik va tezlik yuqori, lekin texnik va taktik nuqtai nazardan erkaklar va ayollar futboli darajasi bir xil. Ayollar futbolidagi madaniyat yomon xulq emas, ko‘proq azart bilan bog‘liq bo‘ladi».

Liga 2da faoliyat yuritayotgan futbolchilar ham Frapparning yaxshi ishlayotganini aytishadi. «U diplomatga o‘xshaydi, bemalol suhbatlashamiz. Stefani maydonda o‘zini birinchi darajaga olib chiqmaydi, bor e’tibori o‘yinga qaratiladi», - deydi yarim himoyachi Pyer Bubi. U Frapparni Liga 2dagi eng yaxshi hakam deb biladi, ushbu divizionda Stefanining samimiyligi va qarorlar chiqarishdagi zukkoligi yuksak qadrlanadi.

2016 yili Frapparga ish bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasidagi tenglik haqida savol berishgandi. «Ayol kishi erkaklarga qaraganda ko‘proq narsani isbotlashi jamiyatning bir ko‘rinishidir. Garchi mazkur holatda ularning ko‘nikmalari bir xil darajada bo‘lsada», - degandi Stefani. O‘sha intervyusida Liga 1 o‘yinlarini boshqarish niyatida ekanligini ham ta’kidlagandi. Oradan deyarli uch yil o‘tdi va orzusi ro‘yobga chiqdi.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 02:05, 06.05.2019.
O'qildi: 3573 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.