Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Jaloliddin Masharipov: «Saudiya Arabistonidagi o‘yin biz uchun finalga teng»

Jaloliddin Masharipov: «Saudiya Arabistonidagi o‘yin biz uchun finalga teng»

Baho:
+ | -

Toshkentning “Paxtakor” klubi yarim himoyachisi Jalollidin Masharipov “Persepolis” bilan o‘yindan keyin bahs haqida fikrlarini bildirdi.

“Biz doim Chempionlar Ligasidagi o‘yinlarga boshqacha ishtiyoq bilan tushamiz. O‘yinga bo‘lgan munosabat ham ancha o‘zgaradi. Futbolchilarga bu turnirda o‘ynash chempionatda ishtirok etishdan ko‘ra osonroq bo‘lib qolgan.

Chunki bu musobaqada biz to‘liq e’tibor va jiddiy yondoshuv bilan maydonga tushamiz. Birinchi bo‘lim hujumlarimiz yaxshi o‘xshamadi. Bunga ob-havo va kam kelgan muxlislar sababchi bo‘ldi. Qachonki bizni qo‘llab-quvvatlash uchun minglab ishqibozlar kelsa, shunda jamoamiz o‘yini ham ancha yengillashadi. Muxlislar bizni maydonda ilhomlantirib turadi. Ularning ko‘magi bizga ruhan qo‘shimcha kuch va ishtiyoq beradi.

“Paxtakor” istalgan payt o‘zini ko‘rsata oladigan jamoa. Buni jamoamizni avvaldan biladigan zukko muxlislar bilishadi. Saudiya Arabistonidagi o‘yin biz uchun finalga teng bo‘ladi. Jamoa oldiga guruhdan chiqish vazifasi qo‘yilgan va biz kerakli ochkoni qo‘lga kiritish uchun safarga boramiz. To‘g‘ri, Saudiyada ob-havo issiq bo‘ladi. Shunga moslab tayyorgarlik ko‘rish kerak bo‘ladi. To‘pni asosan o‘zimizda saqlagan holda issiqni ham yengishga harakat qilamiz”, deydi Masharipov.

Kiritildi: 00:02, 07.05.2019.
O'qildi: 4041 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик