Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

«Paxtakor» o‘lim guruhidan omon chiqadimi?

«Paxtakor» o‘lim guruhidan omon chiqadimi?

Baho:
+ | -

Hozirgina yakunlangan uchrashuvda «Sherlar» qiyinchilik bilan bo‘lsada, muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bu g‘alaba futbolimiz bayroqdor klubi uchun OCHL play-off uchrashuvlaridagi o‘yinlarda ishtirok etishiga imkon yaratadi. «Paxtakor»ning guruhdan chiqishi uchun imkoniyati qanday? Bugun aynan shu savolga javob izlashga urunib ko‘ramiz

«Al Saad» g‘alaba qozonsa…

Bugun Xavi boshchiligidagi «Al Saad» klubi o‘z uyida Saudiya Arabistonining «Al Ahli» klubini qabul qiladi. Hozirda guruhda 7 ochko to‘plagan «Al Saad» bugungi uchrashuvda g‘alaba qozonishning uddasidan chiqsa, keyingi turda bizning «Paxtakor»ga anchagina osonroq bo‘lar edi. Sababi, guruhimizdagi so‘nggi turda Saudiyada mehmon bo‘ladigan «Paxtakor»ni durrang natija ham 2-o‘rin bilan play- off bosqichiga olib chiqadi. Mehmonda durrang natija ham klubimiz foydasiga hizmat qilishini inobatga olsak, «Paxtakor» bosimsiz futbol namoyish etishga muvaffaq bo‘lar edi.

«Al Ahli» g‘alaba qozonsa…

Agarda bugun «Al Ahli»  mehmonda 3 ochkoni qo‘lga kiritsa, guruhda 9 ochko bilan peshqadam bo‘lib oladi. Bu esa, mehmonda ularga qarshi kechadigan uchrashuvda bizga qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Shunday bo‘lsada, «Persapolis»ning uyida mehmon bo‘lishi kutilayotgan «Al Saad» klubi «Ozodi» stadionida osonlik bilan g‘alaba qozonishiga ishonish qiyin. Umuman olganda bugungi va so‘nggi turdagi  uchrashuvlarda «Al Saad» mag‘lubiyatga uchraydigan bo‘lsa, biz «Al Ahli» bilan bo‘ladigan uchrashuv hisobidan qat’iy nazar guruhda ikkinchi o‘rinni egallaymiz.

Durrang qayd etilsa…

Bu variyant biz uchun eng qulayi bo‘lsa, ajab emas. Sababi, guruhda «Paxtakor» va «Al Saad» klublari hisobida 8 ochkodan bo‘ladi va hal qiluvchi so‘nggi tur uchrashuvi oldidan klubimiz mehmonda durrang natija evaziga ham birinchi o‘rinni egallashi mumkin. Buning uchun forslar Qatar klubini mag‘lubiyatga uchratishlari shart!

Eng muhimi hammasi o‘z qo‘limizda!

Bugungi kichik hisob-kitoblar shuni aytmoqda-ki, «Paxtakor»ning keyingi bosqichga chiqish yoki guruhda qolishi to‘liq o‘z o‘yinlariga bog‘liq. Birinchi navbatda, «Sherlar» 6 tur uchrashuvida g‘alaba qozonishlari shart! Agarda Arveladze shogirtlari bu ishni uddasidan chiqa olsa, bu guruhda birinchi o‘rinni qayd etishimiz uchun anchagina jiddiy qadam bo‘lar edi. Shunday ekan, «Paxtakor»dan 6 - turda g‘alaba kutib qolamiz!

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 00:59, 07.05.2019.
O'qildi: 6016 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.