Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese 0-2 Milan
01/03 18:00 Elche 2-2 Espanyol
01/03 19:00 OKMK 0-1 Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem 2-1 Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted 2-1 Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo 2-1 Atalanta
01/03 19:00 Brayton 2-1 Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf 1-0 Xorazm
01/03 20:15 Valensiya 1-0 Osasuna
01/03 21:30 Arsenal 2-1 Chelsi
01/03 22:00 Torino 2-0 Lasio
01/03 22:30 Betis 2-2 Sevilya
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya
03/03 00:45 Udineze - Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid - Xetafe

«Qo‘qon-1912»: Saratonga qarshi kurashayotgan Rahmatilloni qo‘llab-quvvatlaylik!

«Qo‘qon-1912»: Saratonga qarshi kurashayotgan Rahmatilloni qo‘llab-quvvatlaylik!

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Yaqinda O‘zbekiston professional futbol ligasi tomonidan “Saratondan soyabon bo‘l” xayriya aksiyasi boshlangan edi.

“Qo‘qon-1912” futbol klubi a’zolari ham ushbu aksiyada faol ishtirok etishni maqsad qildi. Jamoa rahbariyati Qo‘qon shahrida istiqomat qiluvchi, ayni kunlarda saraton kasalligiga qarshi kurashayotgan Umarov Rahmatillo Kamoljon o‘g‘li yashayotgan, Qo‘qon shahar Yangi Chorsu ko‘chasidagi xonadonga tashrif buyurishdi.

Klub matbuot xizmatining ma’lumot berishicha, 2005-yilning 19-avgustida tug‘ilgan Rahmatilloning ham o‘z tengqurlari kabi bir olam orzulari bor. U kelajakda futbolchi bo‘lishni orzu qiladi hamda ushbu orzusini ro‘yobga chiqarish uchun “Qo‘qon-1912” futbol klubi qoshidagi futbol maktabida, murabbiy Narimon Asanov qo‘l ostida mashg‘ulotlarga qatnay boshlagan edi. 2017-yilning sentyabr oyida kutilmaganda uning avvaliga chap so‘ngra esa o‘ng qulog‘i ostida shish paydo bo‘ladi. Shifokorlar Rahmatilloga saraton tashxisini qo‘yishadi. O‘tgan salkam ikki yillik davrda Rahmatillo ota-onasi hamda qarindosh urug‘lari yordamida Toshkentdagi respublika onkoligiya dispanserida hamda Buxorodagi  onkologiya va radiologiya tibbiy markazida davolanish jarayonlarini boshidan o‘tkazdi. Shifokorlar Rahmatilloni uzoq muddat davolanishi lozimligini ta’kidlashmoqda.

“Qo‘qon-1912” futbol klubi Umarov Rahmatilloni qo‘llab-quvvatlaydi. Uning kelajakda sog‘ayib, o‘zi orzu qilgan futbolchi bo‘lishi yo‘lida qo‘ldan kelgan barcha yordamlarini ko‘rsatadi. Bugun jamoa rahbariyati Rahmatilloga futbol to‘pi, sport kiyimlari hamda turli shirinliklar taqdim qilib uning murg‘ak qalbida umid uchqunlarini paydo qilishga harakat qilishdi. Ertadan esa uning dadasi nomiga ochilgan plstik kartochkaga barcha futbolchilar hamda jamoa a’zolari nomidan pul mablag‘lari kelib tushishni boshlaydi. 

“Qo‘qon-1912” futbol klubi rahbariyati barcha Qo‘qonlik  futbol ishqibozlarini ham Rahmatilloni qo‘llab-quvvatlashga chorlaydi. Ayni kunda Umarov Rahmatilloning dadasi Hoshimov Kamol Umarovichning nomiga plastik kartochka ochilgan. Muborak ramazon oyida ehson qilmoqchi bo‘lgan muxlislarimiz quyida keltirilgan raqamlar orqali o‘zlarining pul mablag‘larini Hoshimov Kamol Umarovichning plastik kartochkasiga o‘tkazishlari mumkin bo‘ladi.

 

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 20:58, 07.05.2019.
O'qildi: 3821 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.