Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Bugun «Tottenhem»ga qo‘l kelishi mumkin bo‘lgan ustunliklar haqida

Bugun «Tottenhem»ga qo‘l kelishi mumkin bo‘lgan ustunliklar haqida

Baho:
+ | -

Bugun YECHL dagi ikkinchi finalchi nomi aniq bo‘ladi. Birinchi uchrashuvda mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa ham, «Tottenhem»da o‘ziga hos ustunliklar mavjud ekanligi haqida ko‘pchilik o‘ylab ham o‘tirmayapti. Bugun «Shporlar»ning ustun tomonlari haqida so‘z boradi.

Son Hyon Min safga qaytdi!

Darhaqiqat, ilk uchrashuvda «Tottenhem» o‘z imkoniyatlarini to‘liq namoyon eta olmadi desak, adashmagan bo‘lamiz. Jamoa yetakchilarining jarohatlari yetmagandek, Son Hyon Min ham o‘yinni o‘tkazib yubordi. Pochetino boshqa chorasi yo‘qligi uchun ham Lyorenteni maydonga tushurdi. Hujumda rang-baranglikni yoqtiruvchi «Tottenhem»ning hujumida Lyorente harakat qilayotganligi sababli ular juda sodda o‘ynashga intilishdi va asosan ikkinchi qavatdan hujum uyushtirishdi. Bunday sodda o‘yin uslubini ortiqcha qiyinchiliksiz bartaraf etgan «Ayaks» bir qarashda «Shporlar»ni zararsizlantirgandek his uyg‘otishi mumkin odamda, biroq aslida hammasi unday emas.
Bugun Son Hyon Minning maydonga tushishi «Tottenhem»ning hujumlarini tubdan o‘zgartirib yuboradi. Son bir o‘zi «Shaxarliklar»ni YECHL dan chiqarib yuborganini hisobga olsak, «Ayaks»ga qarshi kechadigan bahsda uning hizmatlari uchrashuv tizginini raqibdan tortib olish uchun imkoniyat yarata oladi. Umuman olganda Son Hyon Minning qaytishi «Tottenhem»ga ham taktik, ham strategik, ham ruhan ustunlik beradi.

«Tottenhem» uchun hayot-mamot jangi

E’tibor berib qaralsa, Keyn, Rouz, Son, Dayer, Lamela, Tripiyer, Vertonger, Alderveel singari futbolchilar kariyeralarining  eng gullagan davrlari sovrinlarsiz o‘tmoqda. Hozirda bu futbolchilarning o‘rtacha yoshi 27 ni tashkil qilmoqda. YECHL dagi imkoniyatdan unumli foydalanish orqali ular o‘z kariyeralarida burulish yasashlari mumkin. Mana bir necha yildirki, bu yigitlarning ustidan kulib kelishmoqda.  Aslida esa yigitlarning bir necha yillardan beri hech qanday sovrinlarsiz ham klubga sodiq  qolishayotgani tahsinga sazovor. Agarda, «Tottenhem» ushbu yarim final masalasini ijobiy hal qilsa finalda kurashib ko‘rsa bo‘ladi va yigitlar bitta uchrashuvning o‘zidayoq «Bir dumalab» qahramonlarga aylanib olishlari mumkin. Shunday ekan, bugungi uchrashuvda ular o‘z kariyeralaridagi omadsiz an’anani yo‘qqa chiqarishga urunib ko‘rishadi.

Pochetinyo

Bu murabbiy zamonaviy futboldagi eng kuchli taktika egasi  sanaladi. Yodingizda bo‘lsa, ilk uchrashuvda ko‘plab muammolarga qaramasdan tanaffusdan so‘ng jamoasining  o‘yin uslubini o‘zgartira olgan va buning  yordamida o‘yin tizginini qo‘lga olgan edi.. Agarda o‘sha uchrashuvni tomosha qilgan muxlislar bo‘lsa, darrov sezishgan. Pochetino raqibni birinchi bo‘limdan keyin anchagina zararsizlantirgan edi. Endilikda, Pochetinyo raqibi haqida va uning o‘yin uslubi to‘g‘risida to‘liq ma’lumot va tushunchaga ega. Gvardioladek futbol dahosini yo‘lidan surib tashlagan mutaxassis uchun bu bahsda to‘g‘ri taktika va yondashuv tanlash ortiqcha muommo bo‘lmaydi.

«Ayaks»da vaziyatlardan foydalana olmaslik muammosi

Erik ten Xag qanchalar kuchli mutaxassis bo‘lmasin, uning jamoasi vaziyatlardan unumli foydalanishda juda oqsamoqda. Jamoa o‘ta hafvli vaziyatlarning 20% dangina unumli foydalanadi. Bu javob bahsida jamoaga qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Sababi, «Shporlar» APL da vaziyatni golga aylantirish borasida eng yaxshi statistikaga ega klublardan biri. Ular aynan vaziyatlardan unumli foydalangani uchun YECHLning yarim finaliga qadar yetib kelishni uddalashdi. «Ayaks» bugungi uchrashuvga qadar biron marotaba natija uchun maydonga tushmagan, har safar hisobda orta qolgancha «Yuventus», «Real Madrid» singari klublarni turnirdan chiqarib yuborgan edi. Bugungi uchrashuvda ular o‘zlari uchun noqulay bo‘lgan ahvolda to‘p surishadi. Natija uchun o‘ynash borasida tajribasiz «Ayaks» qanday yo‘l tutgan taqdirda ham bu ular uchun bu mavsumdagi psixologik noqulay uchrashuv bo‘lib qolaveradi!

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:34, 08.05.2019.
O'qildi: 4875 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.