Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa 0-3 Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad 3-0 Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton 1-2 Liverpul
28/09 23:45 Bolonya 1-1 Atalanta
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

Muzaffar Abdullayev: «Superligaga qaytishimiz shart»

Muzaffar Abdullayev: «Superligaga qaytishimiz shart»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Buyuk o‘tmish va shonli tarixga ega Farg‘onaning «Neftchi» klubi joriy yildan e’tiboran Pro-liga bahslarida ishtirok etmoqda.

O‘tgan mavsumdagi omadsizliklar, turli muammolar jamoani shu darajaga olib keldi. Bir vaqtlari Yuriy Sarkisyan davrida faqat medallar uchun kurashgan «Neftchi» endi elitaga qaytishga harakat qilmoqda. Ustiga-ustak, quyi diviziondagi ko‘rsatkichlar ham ijobiy ko‘rinish olavermagach, bosh murabbiy Bahrom Haydarov lavozimidan ozod etildi. Far­g‘onaliklar ayni payt Abdusamad Do‘rmonov qo‘l ostida mashg‘ulot o‘tkazishmoqda. Garchi yangi mavsum oldidan ko‘plab futbolchilar boshqa jamoalarga yo‘l olgan bo‘lishsada, murabbiylar ayrim tajribali o‘yinchilar hisobiga tarkibni shakllantirishmoqda. Doston Abdurahmonov, Igor Taran, Muzaffar Abdullayev, Nosir Otaqo‘ziyev shular jumlasidan. Yaqinda biz «Sug‘diyona»dagi o‘yinlari bilan tanilgan, hozirda «Neftchi» sharafini himoya qilayotgan golkiper Muzaffar Abdullayev bilan suhbatlashib, o‘zimizni qiziqtirgan savollarga javob oldik.

- Muzaffar, «Neftchi» tarkibida quyi ligada ishtirok etish o‘sishingizga xalaqit bermaydimi? Har holda, Superliga bilan Pro-liga o‘rtasida katta farq bor.

- O‘tgan mavsum oxirida jiddiy jarohat oldim. Ikki oy mobaynida davolanish bilan band bo‘ldim, fevral oyidan boshlab individual tarzda mashg‘ulotlarga kirishdim. Bu orada Superliga jamoalaridan ko‘plab takliflar tushdi. Oldimda bir nechta variantlar turgandi. Jarohatdan so‘ng sport formamni tiklab olish uchun muxlat kerak bo‘ldi. Ammo vaqt shiddat bilan o‘tar, yangi mavsum boshlanishiga oz fursat qolgandi. Ayni shu pallada Farg‘onadan taklif tushdi. «Neftchi» elitaga qaytishni ko‘zlagan, qolaversa, avvalgi holatimga qaytish uchun bu klubda to‘p surish juda yaxshi imkoniyat edi. Jamoa rahbarlari Superligaga qaytishni vazifa qilib belgilashdi, biz buning uddasidan chiqamiz, degan umiddaman.

- Abdusamad Do‘rmonov boshchiligida mashg‘ulotlarni davom ettiryapsizlar. Ushbu mutaxassis qo‘l ostida shug‘ullanish jarayonida qandaydir yangiliklar ko‘zga tashlandimi?

- Barchasi reja asosida ketmoqda. Hech qanday o‘zgarish yo‘q. Abdusamad aka avvalgi bosh murabbiyimizning yordamchisi bo‘lgan, o‘zbek futboli afsonasi o‘z ishining ustasi hisoblanadi.

- So‘nggi yillarda darvozabonlarga e’tibor kuchaymoqda, yangi nomlar chiqmoqda. Buni terma jamoa misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin...

- To‘g‘ri aytasiz. Misol tariqasida yanvar oyida bo‘lib o‘tgan Osiyo kubogini olish mumkin. Darvoza chizig‘ida Ignatiy Nesterovga O‘tkir Yusupov, Sanjar Quvvatov, Javohir Ilyosov kabilar raqobat tug‘dirishdi. Avvalgi yillarda darvozabonlar borasida tanqislik kuzatilgani ham bor gap. Hozir yoshlar o‘sib borishmoqda, kiperlarga bo‘lgan e’tibor kuchaydi. Yurtimizdagi futbol maktablari va akademiyalari bu borada faol ishlashmoqda.

- O‘zbek darvozabonlarining xorij jamoalariga yo‘l olishi nihoyatda kam uchraydi. Buni qanday izohlash mumkin?

- Nima desam ekan, Osiyo mamlakatlarida darvozabonlarga qaraganda hujumchi va yarim himoyachilarga talab yuqoriroq. Xususan, bizda ham. Bu jarayon asosan Yevropada ommalashgan. Boshqacha izoh berolmayman.

- «Ko‘hna qit’a» klublaridagi qaysi darvozabonlarning o‘yinlarini kuzatib borasiz?

- Menga «MYU» posboni David de Xeaning o‘yini yoqadi.

- «Manchester Yunayted»ning muvaffaqiyatsizliklarida ispaniyalik kiperning aybi bormi?

- O‘zim darvozabon bo‘lganim uchun, de Xea manziliga yo‘llanayotgan tanqidlarni oqlamayman. Hamma xato qiladi. Boz ustiga, David «MYU»ning aksariyat uchrashuvlarida jamoasini muqarrar gollardan saqlab qoldi. Uning qahramonliklari kam gapiriladi, mabodo, gol o‘tkazib yuborsa yoki xatoga yo‘l qo‘ysa, darrov odamlar ko‘ziga ko‘rinadi, klubdoshlari joniga oro kirgan vaziyatlar bir zumda esdan chiqadi. Futbol - jamoaviy o‘yin, mag‘lubiyat ham, g‘alaba ham butun jamoaniki. Muayyan bir kishini aybdor qilib ko‘rsatish noo‘rin.

- Sizningcha, «Neftchi» nimaning evaziga elita yo‘llanmasiga ega chiqishi mumkin?

- Muxlislar ishonchi va katta mehnat maqsadlar ro‘yobga chiqishida muhim omil hisoblanadi. Jamoamiz asosi yoshlardan iborat, bu ham bizning foydamizga ishlashi shubhasiz. Chunki navqiron futbolchilarda ishtiyoq kuchli, yo‘qotadigan narsalari yo‘q, hisobi. Qanday sharoitda bo‘lishimizdan qat’iy nazar, Superligaga qaytishimiz shart.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 21:03, 09.05.2019.
O'qildi: 3066 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.