Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma 0-0 Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Zlatan uchun odatiy hafta

Zlatan uchun odatiy hafta

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

MLS bosh yulduzi Zlatan Ibragimovich gol urdi, urushdi, bolakayni mehribonlarcha yupatdi va VAR haqida «chiroyli» gaplar aytdi - bular novcha shved uchun hafta davomidagi odatiy voqeliklar. Ha, ajib gollariyu, o‘ziga xos xarakteri bilan yevrofutbolda chuqur iz qoldirgan hujumchi endi okean ortida ham muxlislarni sira zeriktirayotgani yo‘q. MLSning yangi mavsumi tobora qizimoqda: «Los-Anjeles Geleksi» klubi 9-turdan keyin 2-o‘rinda bormoqda. Ibragimovich bu orada 7ta o‘yinda qatnashib,  8ta gol urishdan tashqari, o‘z hisobiga 1ta samarali uzatma yozib qo‘ydi. Bo‘ydor shved to‘purarlar poygasida 11ta gol urgan Karlos Vela («Los-Anjeles»)dan ortda qolmoqda, xolos.

37 yoshli shved «Los-Anjeles Geleksi»ning «Real Solt-Leyk» klubiga qarshi uchrashuvida g‘alaba goli muallifiga aylandi. Shu tariqa uning «Geleksi»dagi umumiy statistikasi yanada yaxshilandi - 34ta o‘yinda 30ta gol! G‘ururi baland hujumchi shuning barobarida butun bahs davomida raqib vakili - nigeriyalik himoyachi Nedum Onuoxaga tinchlik bergani yo‘q: ham yaxshi, ham yomon ma’noda. Birinchidan, Zlatan himoyachini ko‘p ter to‘kishga majbur qildi, ikkinchidan esa, nihoyat, gol urgach, uni jig‘iga tega boshladi, boz ustiga, ikkinchi bo‘lim yarmida raqibini maydonga qulatdi va qoidaga zid ravishda harakatlangani uchun sariq kartochka oldi. Diqqatga sazovor tomoni, Ibra o‘yin yakunlangach, «Real Solt-Leyk» kiyinish xonasiga kirib, baland bo‘yini «pastlatib» Onuoxadan uzr so‘ramoqchi bo‘ldi. Ammo nigeriyalik futbolchi unga qo‘l uzatishni istamadi. Natijada ikkisining mushtlashib ketishiga oz qoldi. «Ha, u oldimga uzr so‘ragani keldi. Chunki uchrashuvning chamasi 60-daqiqasidan boshlab, meni izdan chiqarish payida bo‘ldi. Hattoki, haqoratlashgacha bordi, yo‘q qilib tashlashini aytdi. O‘zini butun liga ramzi sifatida ko‘radigan futbolchiga shunday xatti-harakatlar yarashadimi? Aslo! Shuning uchun uning uzrini qabul qilmadim, qilmayman ham. Qanday o‘ylasa, o‘ylayversin, menga baribir. Axir professional sportchining o‘zini bunday tutishiga shunchaki, chidab bo‘lmaydi», — dedi Onuoxa.

Umuman olganda, Zlatan joriy mavsum e’tibor markaziga birinchi marta tushgani yo‘q. Deylik, shvesiyalik goleador bundan oldin VAR tizimi ishidan qoniqmay, videotakrorlarga mas’ul hakamlarni obdon «tuzlagandi». «Maydondagi hakam xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin va buni tushunsa bo‘ladi. Ammo ekran qarshisida taltayib o‘tiradigan kishining xatosi... Hattoki, stadion tablosida ko‘rsatilgan videotakrorda ham qoida jarima maydoni tashqarisida buzilgani yaqqol bilindi va buni hamma ko‘rdi. Hayronman, VAR mutaxassislari vaziyatga qanday qarashgan? Yo‘q, ayyuhannos solish niyatidan yiroqman. Biroq vaziyatga videotakror yordamida baho beradigan kimsa qahva ichib, o‘yinga qattiq berilib ketganga o‘xshaydi. Darvoqe, ajoyib o‘yinga! «Manchester Siti» — «Tottenxem» uchrashuvida hammamiz VAR tizimi ishini ko‘rdik - shunchaki, tasanno aytishga arziydigan qaror. Endi vaqt yetarli bo‘lishiga qaramay, videotakrorni to‘g‘ri ko‘rmaganliklari oqibatida yutqazgan tomon holatini bir tasavvur qiling... Yana bir bora takrorlayman: hammada xato kuzatilishi mumkin — gohida o‘zimiz adashamiz, gohida hakamlar. Biroq agar VAR ham adashadigan bo‘lsa, bu tizimni yo‘qotish kerak yoki ekran oldida o‘tiradiganlarni almashtiring...», - degandi Ibra «Geleksi» darvozasiga belgilangan penalti yuzasidan. Uni g‘azablantirgan vaziyat uchrashuvning 50-daqiqasida ro‘y bergandi: «Geleksi» himoyachi raqibini jarima maydoni tashqarisida yiqitgan bo‘lsada, referi 11 metrli nuqtaga ishora qildi.

To‘g‘ri, Zlatan AQSHda vaqtni faqat janjal-mojarolarga sarflayotgani yo‘q. Xususan, «Minnesota Yunay-ted»ga qarshi kechgan uchrashuv oldidan hattoki, MLSning joriy mavsumida kuzatilgan eng yoqimli holatlardan biri qahramoniga aylandi. U shunchaki, maydonga tushishda o‘ziga hamrohlik qilgan bolakayni ajoyib tarzda yupatdi.

— Juda-juda hayajonlanyapman, — dedi bolakay tribunaosti yo‘lakchada.

— Nega? - so‘radi Zlatan

— Bu aqlga sig‘maydi, sen yonimdasan, qo‘lingni ushlab turibman...

— Ma, ushla — Zlatan unga «Geleksi» vimpelini tutqazdi. — Kel, buni raqibga birga topshiramiz. Hech narsani o‘ylama, shunchaki, hozirgi lahzalardan lazzat ol. Rohatlansang, bas!

Futbolchi va bolakay o‘rtasidagi ushbu dialog uchrashuvning eng e’tiborli voqeligi bo‘ldi. Zero, «Geleksi» va «Minnesota» klublari yakunda 0:0 hisobiga ko‘nishdi.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 10:25, 10.05.2019.
O'qildi: 2466 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.