“Arsenal” va “Chelsi” Yevropa ligasining final bosqichida qatnashadi.
“Kanonirlar” yarim finalda “Valensiya”ni, “ko‘klar” esa “Ayntraxt”ni (2:2, penaltilar seriyasi bo‘yicha 4:3).
Ikki jamoaning ham murabbiylari mavsum boshida o‘zgardi – Unai Emeri “Arsenal”ni qabul qilib oldi, Maurisio Sarri esa Antonio Konte o‘rniga “Chelsi”ga tayinlandi.
Shu tariqa, yoki Emeri, yoki Sarri APLdagi debyut mavsumda yevrokubokni qo‘lga kiritishi mumkin.