Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/12 00:45 Atalanta 2-1 Kalyari
14/12 01:00 Arsenal 2-1 Vulverhempton
14/12 01:00 Xetafe 0-1 Espanyol
14/12 16:30 Milan 2-2 Sassuolo
14/12 18:00 Sevilya 4-0 Real Ovyedo
14/12 19:00 Fiorentina 1-2 Verona
14/12 19:00 Udineze 1-0 Napoli
14/12 19:00 Kristal Pelas 0-3 Manchester Siti
14/12 19:00 Nottingem Forest 3-0 Tottenhem
14/12 19:00 Sanderlend 1-0 Nyukasl
14/12 19:00 Vest Xem 2-3 Aston Villa
14/12 20:15 Selta 2-0 Atletik Bilbao
14/12 21:30 Brentford 1-1 Lids
14/12 22:00 Jenoa 1-2 Inter
14/12 22:30 Levante - Vilyarreal
15/12 00:45 Bolonya 0-1 Yuventus
15/12 01:00 Alaves 1-2 Real Madrid
16/12 00:45 Roma - Komo
16/12 01:00 Rayo Valyekano - Betis
16/12 01:00 Man. Yunayted - Bornmut

Chiroqchida Xotira va qadrlash kuniga tadbirlar o‘tkazildi

Chiroqchida Xotira va qadrlash kuniga tadbirlar o‘tkazildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar
9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan keng jamoatchilik, korxona va tashkilotlar tomonidan yoshi ulug‘ nuroniylar holidan xabar olinib, e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatilmoqda.

Jumladan, Qashqadaryo viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi Chiroqchi tuman jismoniy tarbiya va sport bo‘limi hamda  tuman 1-sonli bolalar-o‘smirlar sport maktabi jamoalari ham, urush qatnashchilari, front ortida mehnat qilgan bobo-buvilarimizning xonadonlarida bo‘lib, bayram bilan samimiy qutlashdi. 

Shu tumanda tug‘ilib voyaga yetgan, umrini sportga, xususan milliy sport turlarimizdan bo‘lgan kurashga bag‘shida etgan, o‘nlab Osiyo hamda jahon chempionati g‘olib va sovrindorlarini tayyorlagan, hali hamon o‘zining kurash klubida o‘g‘il-qizlarga uztozlik qilib kelayotgan 80 yoshli Abdurashid polvon Mirzayevning xonadoniga tashrif buyurib, esdalik sovg‘alari topshirishdi. 

Bunday e’tirofdan shodlangan polvon bobo hali yana uzoq yillar qishloq bolalarini sportga jalb etib, mamlakat terma jamoalari safini munosib nomzodlar bilan boyitib borishni bot-bot ta’kidladi. 

Shuningdek, 9 may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Chiroqchi tuman 1-sonli bolalar-o‘smirlar sport maktabida futbol bo‘yicha tuman yoshlari o‘rtasida xotira turniri ham tashkil etildi. 

Mazkur xotira turniri ushbu BO‘SMda faoliyat ko‘rsatgan, yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga, xususan bolalar futbolini rivojlantirishda fidoyilik bilan mehnat qilgan, BO‘SMning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatgan To‘lqin Ismoilovning yorqin xotirasi uchun o‘tkazildi. 

Tuman jismoniy tarbiya va sport bo‘limi hamda 1-sonli bolalar-o‘smirlar sport maktabi tashabbusi bilan o‘tkazilgan mazkur xotira turnirida dastlab, sport bo‘limi, BO‘SM jamoasi va sportchi o‘quvchilar T. Ismoilov xonadonida tashrif buyurishdi, yaqinlariga hamdardlik tilashib, esdalik sovg‘alari ulashishdi. Futbol maydonida tadbir oldidan o‘tganlar xotirasi uchun Qur’on tilovat qilinib, duoga qo‘l ochishdi. 

Shundan so‘ng 200 nafarga yaqin bolalar o‘n ikkita  jamoaga bo‘linib, g‘oliblik uchun to‘p surishdi. Keskin va murosasiz bahslar yakunida birinchi o‘rinni tumandagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi egalladi. Ikkinchi o‘rin 37-maktab o‘quvchilariga nasib etgan bo‘lsa, uchinchi o‘rinni 28-maktab o‘quvchilari qo‘lga kiritishdi.     

Bellashuvlar yakuniga yetgach, tuman jismoniy tarbiya va sport bo‘limi, 1-BO‘SM tomonidan g‘olib va sovrindor jamoalarga, marhumning oila a’zolari va yaqinlariga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Manba: Olamsport
Kiritildi: 12:02, 11.05.2019.
O'qildi: 1914 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.