Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

O‘FA ekspertlari Superliganing har bir uchrashuvini tahlil qilyapti

O‘FA ekspertlari Superliganing har bir uchrashuvini tahlil qilyapti

Baho:
+ | -

Kecha Superliga 8-turidan o‘rin olgan ikkita uchrashuv bo‘lib o‘tdi. "Dinamo" - AGMK jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni Valentin Kovalenko boshchiligidagi hakamlar boshqarib borgan bo‘lsa, "Paxtakor" - "Navbahor" uchrashuvida Zokir Qodirov guruhi ishladi.  

O‘zbekiston futbol assosiasiyasida tashkil etilgan ekspertlar guruhi mazkur o‘yinlarni sinchiklab o‘rganib chiqishdi va tegishli xulosalar berishdi. Mazkur ekspertlar guruhida O‘FA Hakamlar va nazoratchilar departamenti mutaxassislari qatorida FIFA va OFK instruktori Farhod Abdullayev ham borligini ta’kidlab o‘tish zarur. 

Ekspertlar guruhi samarqandliklarning kichik hisobdagi g‘alabasi bilan yakuniga yetgan "Dinamo" - AGMK uchrashuvidagi hakamlar harakatini ijobiy baholadi. Jumladan, Valentin Kovalenko tomonidan ikkita vaziyatda kiritilgan gol "o‘yindan tashqari holat" sifatida baholanib, gollar inobatga olinmadi. Quyidagi lavhalar orqali Kovalenkoning bu qarorlari to‘g‘ri ekaniga ishonch hosil qilish mumkin.


  "Paxtakor" - "Navbahor" o‘yinida ishlagan bosh hakam Zokir Qodirov hamda laynsmen Ruslan Samandarov bo‘yicha esa ekspertlar guruhining xulosasidan kelib chiqib qaror qabul qilindi. Zokir Qodirov 3ta o‘yinga, Ruslan Samandarov esa nomuayyan muddatga Superliga o‘yinlaridan diskvalifikasiya qilindi.

Zokir Qodirov boshchiligidagi hakamlar guruhining o‘yindagi xatolari evaziga uchrashuv tizgini qo‘ldan chiqib ketgani va maydonda futbolchilar o‘rtasida ziddiyatlar yuzaga kelganini ta’kidlash zarur. 

O‘FA ekspertlar guruhi har bir o‘yinni ana shunday sinchiklab o‘rganib, hakamlar guruhining faoliyati bo‘yicha tegishli xulosalar berib borishadi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad hakamlik amaliyotidagi xatolarni kamaytirish va uchrashuvlar shaffofligini oshirishdan iborat.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 12:16, 12.05.2019.
O'qildi: 3168 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик