Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

«MYU» Yevropa ligasini saralash boshlaydimi yoki guruh bosqichidan?

«MYU» Yevropa ligasini saralash boshlaydimi yoki guruh bosqichidan?

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» klubi Angliya chempionatining ushbu mavsumida 6-o‘rinni egallab, kelasi mavsumda Yevropa ligasi musobaqasida ishtirok etadigan bo‘ldi. Xo‘sh, Sulsher shogirdlari musobaqani qaysi bosqichdan boshlaydi?

Barchasi «Manchester Siti» va «Uotford» o‘rtasidagi Angliya kubogi final bahsi natijasiga bog‘liq.

1) Mazkur o‘yinda «Uotford» g‘alaba qozonsa, jamoa Yevropa ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi va APLdan musobaqada ishtirok etadigan ikkinchi raqamli jamoa sifatida turnirni guruh bosqichidan boshlaydi. Bunday holatda "MYU" Yevropa ligasining 2-saralash bosqichidan o‘zi ishtirokini boshlashga majbur bo‘ladi. Bu bosqichning dastlabki o‘yinlari 25 iyul kuniga belgilangan. Shu tariqa, mankunianliklar Yevropa ligasi guruh bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun 3ta bosqichdan o‘tishlariga to‘g‘ri keladi.

2) Angliya kubogi finalida «Siti» g‘alaba qozonsa, «Manchester Yunayted» klubi Yevropa ligasini darhol guruh bosqichidan boshlaydi. U holda «Uotford» Yevropa ligasi yo‘llanmasidan mahrum bo‘ladi. APLda 7-o‘rinni egallagan «Vulverxempton» Yevropa ligasi yo‘llanmasiga ega bo‘ladi va yuqoridagi yozilgan "MYU" yo‘lini bosib o‘tishi kerak bo‘ladi.

Darvoqe, dastlabki rejaga ko‘ra, «Yunayted» mavsumga tayyorgarlik doirasidagi dastlabki nazorat o‘yinini 25 iyul kuni «Tottenxem»ga qarshi Shanxay shahrida o‘tkazishi kerak. Bundan tashqari, "MYU" 3 avgust kuni Kardiff shahrida «Milan»ga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishni belgilab olgan. APLning 2019/20 yilgi mavsumi esa 10 avgust kuni start oladi.

Angliya kubogi finali doirasidagi «Manchester Siti» – «Uotford» uchrashuvi 18 may kuni Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 08:45, 14.05.2019.
O'qildi: 4976 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.