Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Cuperliga: 8-tur iqtiboslari bilan tanishamiz

Cuperliga: 8-tur iqtiboslari bilan tanishamiz

Baho:
+1 | -

- Bizdan himoyada xatoga yo‘l qo‘ymaslik talab etilardi. Natijaga murabbiy javobgar, demak, bugungi mag‘lubiyat uchun ayb mening zimmamda... Eldor Sakayev («Andijon» bosh murabbiyi).

- G‘alabaga erishgan bo‘lsak-da, o‘yinimizdan to‘liq qoniqish hosil qilmayapman negadir. Hali ko‘p ishlashimiz kerak, xususan, xatolarni bartaraf etish ustida... Ulug‘bek Baqoyev («So‘g‘diyona» bosh murabbiyi).

- Agar vaziyatlardan samara chiqarganimizda, uyga 3 ochko bilan qaytardik. Umuman olganda, bugun ikki jamoa teng o‘yin olib bordi va yakunda do‘stlik g‘alaba qozondi. Hamidjon Aktamov («Qizilqum» bosh murabbiyi).

- O‘z maydonimizdagi har qanday o‘yinda g‘alaba qozonishimiz shart. Shuni nazarda tutsak, bugun 2 ochko yo‘qotdik... Ro‘ziqul Berdiyev («Nasaf» bosh murabbiyi).

- Maqsadimiz hamon har bir o‘yinda chiroyli futbol ko‘rsatish va g‘alaba qozonish. Mirjalol Qosimov (AGMK bosh murabbiyi).

- Agar biror futbolchini «osmonda uchib yurgan»ini sezsam, demak, u tezda jamoadagi o‘rnini yo‘qotadi. Davron Fayziyev («Dinamo» bosh murabbiyi). 

- O‘yin uchun tanaffusda emas, balki maydonga tushishdan avval ko‘rsatma berganman. Futbol 45 daqiqa emas, balki 90 daqiqa o‘ynaladi. Andrey Kanchelskis («Navbahor» bosh murabbiyi).

- Xuddi «Barselona» va «Ayaks» klublari kabi «Paxtakor» uchun ham alamli hafta. Alam qilgani shuki, raqibda aytarli vaziyatlar yuzaga kelmadi... Shota Arveladze («Paxtakor» bosh murabbiyi).

- Agar loaqal bitta vaziyatni golga aylantirganimizda ham ortga 3 ochko bilan qaytardik. Afsus... Vitaliy Ni («Qo‘qon-1912» jamoasi birinchi vise-prezidenti).

- Endi rahbariyat bilan jamoadagi kelajagim haqida gaplashib olamiz. Balki qandaydir o‘zgarish «Buxoro»ga naf keltirar... Baxtiyor Ashurmatov («Buxoro» bosh murabbiyi).

- Tan olaman, o‘yin bo‘yicha 3 ochkoga mos harakat qilmadik. Xususan, eng yaxshi jihatlarimizni namoyish etolmadik. Lekin yakuniy natija o‘yinga mos bo‘ldi, menimcha. Andrey Shipilov («Metallurg» bosh murabbiyi).

 

TUR QAHRAMONI - O‘TKIR YUSUPOV

«Paxtakor» - Navbahor» o‘yini 90+8-daqiqagacha cho‘zildi. 90+7-daqiqada esa Dragan Cheran «xet-trik»­ni rasmiylashtirib, mutlaq qahramonga aylanishi mumkin edi. Lekin «lochinlar» kiperi O‘tkir Yusupov serbiyalik futbolchining kuchli va aniq zarbasiga qarshi «superseyv» namoyish etib, «Navba­hor»ni muqarrar gol (ya’ni mag‘lubiyat)dan qutqarib qoldi. Alohida aytish kerak, agar Yusupovbuffoncha «seyv» ko‘rsatmaganida, «Paxtakor»ning g‘alabali seriyasi 4ta o‘yinga yetardi, «Navbahor»ning mag‘lubiyatsiz odimi 4-uchrashuvga kelib uzilib qolardi, eng yomoni, hakamlik muammosi katta mojaro tusiga kirishi hech gap emasdi. Qolaversa, «Paxtakor» turnir jadvalida qolganlardan yanada uzoqlashardi. Xullas, Yusupov ijrosidagi bitta ajoyib «seyv» ta’siri uni tur qahramoni sifatida ta’riflashga yetadigan darajada katta bo‘ldi.

 

Tur Statistikasi

O‘yin: 7

Gol: 14  (o‘rtacha: 2)

Tomoshabin: 51758 (o‘rtacha: 7394...)

Mezbonlar g‘alabasi: 4

Mehmonlar g‘alabasi: -

Durang: 3

Yirik hisobli g‘alaba: -

Eng  sermahsul o‘yin: «Paxtakor» - «Navbahor» (4ta gol)

Ogohlantirish: 34 (o‘rtacha: 4,85...)

Chetlatish: 1 (o‘rtacha: 0,14...)

Eng «qo‘pol» o‘yin: «Paxtakor» - «Navbahor» (9ta «sariq»), «Metallurg» - «Lokomotiv» (1ta «qizil» + 3ta «sariq»)

Eng ko‘p tomoshabin kirgan o‘yin: «Nasaf» - «Qizilqum» (14253)

Penalti: 3 (barchasi samarali)

«Dubl»: 2 (Dragan Cheran, «Paxtakor»; Xurshid G‘iyosov, «Bunyodkor»)

«Xet-trik»: -

«Poker»: -

Avtogol: -

 

1                     PAXTAKOR                    8                     6                     2                     0                     15-7               20

2                     LOKOMOTIV              8                     5                     2                     1                     15-7               17

3                     BUNYODKOR                    8                     4                     1                     3                     11-10             13

4                     NAVBAHOR                   8                     3                     3                     2                     14-10             12

5                     DINAMO 8                     3                     3                     2                     9-9                  12

6                     SURXON   8                     3                     3                     2                     6-6                  12

7                     METALLURG                 8                     3                     2                     3                     13-9               11

8                     NASAF     8                     3                     2                     3                     12-9               11

9                     QIZILQUM                    8                     2                     3                     3                     9-12               9

10                   SO‘G‘DIYONA                     8                     3                     0                     5                     9-15               9

11                   AGMK          8                     2                     1                     5                     11-12             7

12                   ANDIJON                     8                     1                     4                     3                     7-11               7

13                   BUXORO  8                     1                     3                     4                     6-10               6

14                   QO‘QON-1912                    8                     1                     3                     4                     8-18               6

 

To‘purarlar

Dragan Cheran («Paxtakor») - 8ta (3ta - pen.)

Zafar Polvonov (AGMK) - 6ta

Temurxo‘ja AbduxoliQov («Lokomotiv») - 6ta

Aleksandr Kasyan («Navbahor») - 6ta (1ta - pen.)

Xurshid G‘iyosov («Bunyodkor») - 6ta (4ta - pen.)

Humoyun MURTAZOYEV («Nasaf») - 5ta

 

9-tur

16 may (payshanba)

18:30  ANDIJON - PAXTAKOR

17 may (juma)

18:45  LOKOMOTIV — BUNYODKOR

18 may (shanba)

17:45  QO‘QON-1912 — NASAF

20:00  QIZILQUM — SURXON

19 may (yakshanba)

17:30  NAVBAHOR — METALLURG

17:45  AGMK — SO‘G‘DIYONA

20:00  BUXORO — DINAMO

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 09:47, 14.05.2019.
O'qildi: 2346 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.