Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

Galiulin jamoasining zafari va boshqa layegionerlarimiz haqida

Galiulin jamoasining zafari va boshqa layegionerlarimiz haqida

Baho:
+ | -

Aliboyev qaytdi va... «Seul» klubi J.Koreya chempionati oliy divizioni 11-turida OCHL qatnashchisi «Tegu»ni qabul qilib, 2:1 hisobida zafar quchdi.

Seulliklar sharafini himoya qilayotgan hamyurtimiz Ikrom Aliboyev qizil kartochka ortidan kelgan diskvalifikasiyadan so‘ng maydonga qaytib, ijobiy natijaga munosib hissa qo‘shdi. Har holda, terma jamoamiz a’zosi to‘liq 90 daqiqa davomida faolligi bilan ajralib turdi.

Ikrom «Chonbuk Motors»ga qarshi kechgan uchrashuvda qizil kartochka olgani uchun o‘tgan tur maydonga tushmagan va «Seul» g‘alaba qozonolmagandi.

Endi esa jamoa o‘z hisobiga qimmatli 3 ochko qo‘shib, turnir jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarildi (20 ochko). J.Koreya quyi ligasidagi vakilarimizga kelsak, Sanjar Tursunov va Shohruh Gadoyevning klubi - «Tejon» 10-tur o‘yinini o‘z maydonida «Pusan Ay Park»ka qarshi o‘tkazib, 0:5 hisobida yengildi.

Bu uchrashuvda Tursunov 42-daqiqada maydonga tushdi, Gadoyev esa 63-daqiqada o‘z o‘rnini zaxira vakiliga bo‘shatib berdi. Tejonliklar keyingi turda «Seul YE Lend» maydonida durang qayd etishdi - 1:1. Tursunov bu safar to‘liq vaqt harakatlanib, 79-daqiqada sariq kartochka olgan bo‘lsa, Gadoyev maydonda ko‘rinish bergani yo‘q. 

Rustam Ashurmatov esa «Gvangju»ning har ikki uchrashuvi («Chonnam» - 2:0 va «Pusan Ay Park» - 1:1)da to‘liq 90 daqiqadan to‘p surdi. Ligadagi yana bir vakilimiz Javlon Ibrohimovning klubi - «Suvon Siti» 10-11-turlarda tegishlicha «Seul YE-Lend» (3:1) va «Chonnam» (2:1)ni dog‘da qoldirdi. Biroq hamyurtimiz har ikki bahsda maydon chetida qoldi.. 

Yaponiyada jimlik... «Kunchiqar yurt»da faoliyat yuritayotgan hamyurtlarimizdan birgina Doston Tursunov etarli amaliyotga ega bo‘lmoqda. U Yaponiya ikkinchi divizioni 13-turida «Renofa Yamaguchi»ning «Omiya»ga qarshi uy uchrashuvida 51 daqiqa to‘p surdi. Hisob - 2:2. «Yamagata» esa «Chiba»ni 3:1 hisobida yengdi, faqat Zahibillo O‘rinboyevsiz. Shuningdek, yuqori ligada o‘ynayotgan Fozil Musayev «Jubilo Ivata»ning 11-tur doirasidagi uchrashuvida qatnashgani yo‘q. Qolaversa, uning jamoasi safarda «Tokio»ga bas kelolmadi - 0:1.

«Sharja» nega bo‘shashib qoldi? «Al-SHarja» klubi BAA Premyer-ligasida jarohatlangan Otabek Shukurovsiz yakuniy qadamni tashlashga qiynalmoqda. Sharjaliklar 24-tur doirasida «Al-Vasl» maydonida mag‘lub bo‘lishdi - 2:3. Natijada chempionlik masalasi ochiq qoldi. Chempionat yakunlanishiga 2ta tur qolgan pallada «Sharja» yaqin ta’qibchisi - «Al-Ahli»ni 3 ochkoga ortda qoldirmoqda.

«Nasyonal» Primeroni tark etadi... Portugaliya chempionati yuqori ligasi yakunlanishiga 1ta tur qoldi. Bu vaqt­da «Nasyonal»ning elita bilan xayrlashishi ma’lum bo‘lib ulgurdi. Madeyraliklar 33-turda «Portu» mehmoni bo‘lib, 4ta javobsiz gol qabul qilib olishdi. Jamoa safidagi Sardor Rashidov hamon tarkibdan chetda qolmoqda. Xitoy superligasi. 9-tur. «Shanxay SIPG» - «Shandong Luneng» - 2:1. OCHLda yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgan mezbonlar yarim himoyachisi Odil Ahmedov mazkur bahsda qatnashgani yo‘q.

Galiulin jamoasida yo‘llanma naqd. Rossiya Premyer-ligasida ko‘pchilik e’tiborini qozonayotgan Eldor Shomurodov 28-turida atigi 20 daqiqalik o‘yin vaqtiga ega bo‘ldi. Aniqroq aytsak,  «Rostov» bosh murabbiyi Valeriy Karpin hamyurtimizga «Dinamo»ga qarshi safar uchrashuvi (0:0)ning 71-daqiqasidagina imkoniyat taqdim etdi. Vitaliy Denisov esa «Krilya Sovetov»ning «Axmat» maydonidagi o‘yinida to‘liq 90 daqiqa to‘p surdi, ammo samaraliklar ortga ochkosiz qaytishdi - 1:2. «Orenbur» - «Ural» uchrashuvi (2:2) mezbonlar vakili Vadim Afonin atigi 10 daqiqa harakatlandi (80-daqiqadan keyin). Darvoqe, ke­yingi mavsumni Rossiya chempionati asosiy ligasida boshlaydigan 2ta klub ma’lum bo‘ldi. Aniqroq aytsak, birinchi divizion finishiga 3ta tur qolgan pallada «Sochi» va «Tambov» jamoalari elita yo‘llanmasini naqd qildi. Har ikkisi hisobida 67tadan ochko mavjud. E’tiborli tomoni, ham­yurtimiz Vagiz Galiulin «Tambov»ning muvaffaqiyatini o‘z hissasini qo‘shdi.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 17:52, 14.05.2019.
O'qildi: 3438 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.