“Ayntraxt” hujumchisi Luka Yovich faoliyatini “Real”da davom ettiradi.
Sky Sports nashrining xabar berishicha, 21 yoshli futbolchining transferi borasida kelishib olishdi, transfer narxi 60 mln yevro. Futbolchining o‘zi esa 5 yillik shartnoma imzolagan.
Bild nashrining ma’lumotiga ko‘ra, ushbu transfer hali hal bo‘lmagan tomonlar muzokara olib bormoqda. Gap transfer narxi haqida ketmoqda, “Aytraxt” o‘z o‘rnida serbiyalik futbolchining transferidan 60-70 mln yevro ishlab olmoqchi, “Real” 50 mln yevro berishga tayyor.